HTC U11: "Malika"ning yangi flagmani narxiga munosibmi?

HTC U11:

Kirish

So‘nggi yillarda HTS ancha faollashib qoldi. Ayniqsa, U11 flagmani sezgir korpus, o‘ziga xos texnologiya, samarador Snapdragon 835 protsessori, suv va changdan himoyalangani, qolaversa, eng yaxshi kameraga ega bo‘lgani bilan ham qoyilmaqom smartfon bo‘ldi. 

Tayvanlik HTC o‘zining U11 flagman smartfonini 2017 yilning 16 mayida jamoatchilik e’tiboriga havola qilgan. Rasmiy namoyishda  telefon apparati sensor rom, stereo-ovoz uzatuvchi dinamiklar hamda shovqinni kamaytiruvchi mikrofon tizimi bilan jahondagi boshqa flagmanlardan ajralib turishi aytilgan edi.

HTC U11 flagmaniga o‘rnatilgan stereo-tovushli tashqi dinamiklarda yangicha — shovqinni kamaytiruvchi ilg‘or texnologiya joriy qilingan. Shuningdek, korpus an’anaviy 3,5 mm.li audio-quloqchin tuynukchasidan ham mahrum bo‘lgan.

Texnik jihatlar

Korpus materiali:  shisha, metall

Operatsion tizim:       Android 7.1.1 + HTC Sense

Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/4G

Platforma: Qualcomm Snapdragon 835

Protsessor: 64 bitli, 8 yadroli, 2.45 GGs

Video-karta:   Adreno 540

Doimiy ichki xotira: 64/128 GB

Tezkor xotira: 4/6 GB

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: bor (SIM-karta o‘rnida)

Wi-Fi: bor (a/b/g/n/ac, dual-band)

Bluetooth: 4.2 LE, A2DP

NFC: bor

Ekran diagonali: 5. 5 dyuym

Ekran sig‘imi: 1440 x 2560 piksel

Matritsasi: Super LCD5

Himoya qoplamasi: 3D Corning Gorilla Glass 5 shishasi

Oleofob (dog‘-dug‘ga qarshi) qoplamasi: bor

Bosh kamera:    12 MP UltraPixel 3, f/1.7, optik barqarorlashtirgich, 2 tusli fotochaqnoq, 4k-video;

Old kamera: 16 MP, f/2.0, BSI

Navigatsiya: GPS, A-GPS, GLONASS, Beidou

Datchiklar: yorug‘lik, oraliq-masofa, harakat (G-sensor) sensori, elektron kompas, giroskop, magnitli sensor, barmoq izlari skaneri, Sensor Hub (jismoniy faollik datchigi),  Edge Sensor;

Batareya: 3000 mA soat, Quick Charge 3.0

O‘lchamlari: 153.9 x 75.9 x 7.9 mm

Vazni: 169 gramm

Dizayn va boshqaruv elementlari

Dizaynning bosh o‘ziga xosligi – orqa panelning sirti ham pishiq shisha bilan qoplangani. Smartfon sotuvga qora, ko‘k, oq hamda moviy rangli korpuslarda chiqarilgan.

HTC uchun yangi trend — jilvakor shisha korpus! 5 yillar ilgari Samsung smartfonlarida xuddi shunday dizayndan foydalanar edi. Old panel esa kompaniya 2014-2015 yillardan beri foydalanadigan dizaynga ega bo‘lgan. Displey atrofidagi romlar "baquvvat". HTC U11'da yana bir trend qo‘llangan  — cho‘zinchoq ekran.

HTC U11 170 gramm tosh bosuvchi flagmanning o‘lchami 153.9 x 75.9 x 7.9 mm. Bu nisbatan yirik hamda vazndor, degani. Samsung Galaxy S8+ bilan taqqoslaganda, uning hoshiyalari va romlari ham dag‘aldek. Shu bois, taqdimotdan so‘ng jamoatchilik kompaniyani rosa tanqid qilgan.

Smartfon old paneliga 2.5D shaklidagi Corning Gorilla Glass 5 shishasi yotqizilgan. Dog‘ga qarshi plenka bois, dog‘larni osongina artib tashlash mumkin.

Yon tomon ramkalar – metalldan ishlangan. O‘zini hurmat qilgan ishlab chiqaruvchi kabi, HTC ham bu flagmaniga biror o‘ziga xos jihat berishga harakat qilgan. Samsung Galaxy S8'da rom yo‘q, Sony Xperia XZ Premium esa sekundiga 960 ta kadrli video oladi, LG G6 "harbiycha" standart bo‘yicha himoyalangan,  HTC U11'da esa "jonli" romlar bor.

Edge Sense — bu barmoqning ezish darajasini sezadigan texnologiya. Sensorlar yon tomon romlariga ham o‘rnatilgan.  Qayrilma dizayndagi korpus barmoq izi zarbi va uning davomiyligini his qiladi va shunga ko‘ra amallarni bajaradi. Misol uchun, apparatning yon tomonini barmoqda bosib tursangiz — kamera yoki boshqa bir ilovalar tezkor ishga tushadi, ovozni boshqarish mumkin bo‘ladi.

Korpus mahorat bilan yig‘ilgan va apparatni qo‘lga olganda uning pishiq va puxta monolit qolipini his qilish mumkin, korpus qayishishi, g‘ichirlashi yo‘q.

Old panelda o‘tkazib yuborilgan hodisalar uchun maxss indikator chiroq, datchiklar, mikrofon, kamera va bosh dinamik mavjud. Dinamikning ovoz uzatishi yuqori va aniq-tiniq.

Displey ostidan – barmoq izlari skaneri, ostki yoritgichga ega sensor tugmalar o‘rin olishgan. 

Smartfon quyisida mikrofon, USB Type-C (USB 3.1 ni qo‘llab-quvvatlaydi) va dinamik majvdu.

HTC U11 IP67 standarti asosida chang va suvdan himoya qilingan. 1 metrlik chuqurda yarim soat bemalol “jon saqlaydi”.

Devays tomidagi bo‘lmachalarga nanoSIM+nanoSIM yoki nanoSIM+microSD kombinatsiyasi asosida sim-karta va fleshka joylashtirish mumkin.

Korpus o‘ng tomonida ovozni boshqarish uchun cho‘zinchoq tugma bo‘lib, u deyarli korpusga birikib ketgan, bosilishi qattiq.

Orqa tomonda esa yana bir mikrofon (smartfonda jami 4 ta mikrofon mavjud), 2 tusli fotochaqnoq va kumush tusli metall halqa bilan o‘rab olingan ob’yektiv bor.

 

Displey

HTC diagonali 5.5 dyuymli, Quad HD (1440x2560 pikselli) sig‘imli ekranga ega. Har dyuymda 534 ta belgining bo‘lishi yuqori sifatli tasvir namoyishidan darak beradi. Yuqori displey hoshiyasining qalinligi yetarlicha qalin: yuqorisi 15 mm, quyisi 18 mm, yon tomon romlar – 4 mm. Ekranga qoplangan nurga qarshi qoplama yuqori sifatli.

IPS-panel, SuperLCD 5 matritsali ekran nisbatan ko‘proq quvvat yeydi. Uning tomonlarining nisbati standart: 16:9. Quvvatni tejash uchun ekranni Full HD sig‘imli ham qilish mumkin.

To‘g‘ri, ekran sifat borasida ekran Samsung Galaxy S8 flagmani bilan kurasha olmaydi. 

Ekranda ko‘zni ko‘k tusdan himoya qiluvchi filtr mavjud. Sovuq kunlarda esa ekrandagi «Qo‘lqopda» rejimi qo‘l keladi. Sensor shunda ham ishlayveradi.

Displey Gorilla Glass 5 himoya shishasiga ega. Bu shisha avvalgisidan 2 barobar pishiqroq.

Umuman olganda, displey borasida biror kamchilikni ko‘rish qiyin, hammasi joyida.

 

Eng yuqori samaradorlik

HTC U11 platforma samaradorligi bo‘yicha jahonda peshqadam: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835 hamda Adreno 540 video-kartasi Antutu'da 176000 ball to‘plagan. Quyidagi suratda uning natijasini boshqa flagmanlar bilan taqqoslash mumkin.

HTC U11 sotuvga 2 talqinda chiqariladi: 4 GB operativ hamda 64 GB doimiy xotira yoki 6/128 GB talqinlarda. Gibrid bo‘lmachaga ikkinchi SIM-karta o‘rniga 256 gigabaytgacha bo‘lgan qo‘shimcha xotira ham qo‘yish mumkin.

Platforma gap-so‘zsiz eng "og‘ir" o‘yin va ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Faqat o‘yinning 30 daqiqalaridan keyin korpusda qizish kuzatiladi.

HTC U11 qadoqda Android 7.1.1 Nougat'ning o‘zlashtirilgan HTC Sense UI tizimiga ega bo‘lgan va Android O tizimiga yangilash mumkin bo‘ladi.

HTC U11'dan foydalanish Google Pixel va Galaxy S8 Plus kabi tezkor, shuningdek uning tizimi iPhone 7 kabi qulay.

Kamera

Fotosuratlar sifatini baholovchi DxOMark xizmati tomonidan shu yilning may oyida eng yaxshi suratga oluvchi smartfonlar reytingi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra HTC U11 flagmani reytingning 1-pog‘onasidan o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda esa yaqinda taqdim qilingan iPhone 8 flagmanlari undan o‘zib ketishdi.

DxOMark mutaxassislari Tayvanning HTC kompaniyasi ishlab chiqargan kamerafon imkoniyatlarini 100 dan 90 ballga baholashgan. Jumladan, flagmandagi bosh kameraning tezkor va aniq avtofokus funksiyasi, tasvirni tabiiy muhrlash sifati, detallarga boy fotosurat olish, har qanday sharoitda ham fotosuratlardagi dinamik diapazon darajasi, oq tus me’yorining to‘g‘ri berilishi, rang-tasvirning muhrlanishi, suratdagi xiralikning imkon qadar pastligi alohida qayd etilgan.

HTC U11 uchun 1,4μm pikselni qamrab oladigan 12 megapikselli sensor tanlangan. Uning yorug‘likni qamrab oluvchi optik linza kengligi f/1.7’ga teng. Smartfon Ultrapixel 3 texnologiyasi, suratni optik barqarorlashtirish tizimi va qo‘shqavatli svetodiodli fotochaqnoqqa ega. DxOMark mutaxassislari kamera modulidagi kamchiliklar haqida to‘xtalib, ochiq havoda olingan ba’zi suratlarda aks etadigan oshiqcha ko‘k tus me’yorini, yorug‘lik past sharoitda video olganda tasvirda detallarning kamayishini qayd etishgan.

Bosh kamera 4K sig‘imli video yozadi. Sekinlashtirilgan rejimda esa  sekundiga 120 kadrli Full HD video olish mumkin. Video tasvirga olishning muhim jihati — akustik fokus. Ya’ni, videoga olganda tasvirni yaqinlashtirsangiz, ovoz ham ko‘tariladi. U11'dagi 4 ta mikrofonda 360 gradusli ovoz yozish mumkin.

16 megapikselli old kamera ham kuchli "suratkash" — kunduz, tunda, ko‘chada yoki ichkarida ham yaxshi selfilar oladi. Unda selfi-panorama suratlarni ham olish mumkin. Quyidagi suratlarning chap tomondagisi Galaxy s8’da, o‘ng tomondagisi U11'da olingan.

 

Ovoz sifati yanada taassurotli

HTC U11 kuchli, detallarga boy ovozga ega bo‘lgan — melomanlar uchun ayni muddao.

BoomSound Hi-Fi Edition nomli ovoz texnologiyasi displey ustidagi yuqori chastotani uzatadigan va korpus quyisidagi past chastota tovushni uzatuvchi dinamiklar bilan yanada betakror.

An’anaviy 3.5 mm.li audio-tuynuk bo‘lmasa ham, USB Type-C portiga mo‘ljallangan perexodnik bu muammoni hal qiladi. Telefon bilan birga, shovqinni pasaytiruvchi mikrofon o‘rnatilgan naushniklar ham taqdim qilingan.

Ovoz uzatish borasida HTC U11 oldida Samsung Galaxy S8 Plus ham ip esha olmaydi.

 

Quvvatdorlik

HTC U11 batareyasining sig‘imi 3000 mA soat. Quad HD va IPS matritsali ekran uchun bukamlik qiladi. O‘rtacha foydalanganda quvvat bir kunga yetadi. Fotos’yomka, veb-qidiruv, ijtimoiy tarmoqlarda suhbat qurganda kun yarmida rozetka qidirib qolasiz.

Qualcomm Quickcharge 3.0 tezkor quvvatlash orqali HTC U11 akkumulyatorini 1,5 soatda to‘ldirib olish mumkin.

 

Narx-navo va raqiblar

HTC U11 dastlab may oyidan muayyan hududlarda sotuvga chiqarilgan edi. Ayni paytda uning eng arzoni jahon bozorida o‘rtacha 780 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

2017 yil 28 sentyabr holatida «Malika»da HTC U11 6,063,000 so‘mdan sotilmoqda.

Uning bosh raqibi — Galaxy S8. 5.2 mln so‘mdan sotilayotgan Samsung flagmani ancha jozibador ko‘rinishga ega: romsiz dizayn, qulay o‘lcham, uzoqqa yetadigan quvvat, Mobile HDR Premium rejimi, Bluetooth 5.0 va ilg‘or kamera. HTC U11 faqat ovoz bo‘yicha g‘olib kelishi mumkin. Sony Xperia XZ Premium, Google Pixel, Xiaomi Mi 6 (3.5 mln) flagmanlari ham tayvanlik gadjetning jiddiy raqiblari.

 

Xulosa

HTC U11 jihatlariga ko‘ra chinakam flagman. Ilg‘or kamera, kuchli protsessor, yorqin ekran, Edge Sense texnologiyasi o‘ziga xos. Dizaynda bir oz orqada demasa, ko‘rinishi -- jozibador. HTC bu flagmanni brendning ishqibozlari uchun ishlab chiqargan. Shuningdek, bu devays – APPLE va SAMSUNG flagmanlaridan charchaganlar uchun ham yaxshi tanlov.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

olx.uz 750 АҚШ доллари Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!