HTC Xitoyda yuzlab VR-kafelarni ochishni rejalashtirmoqda

HTC Xitoyda yuzlab VR-kafelarni ochishni rejalashtirmoqda

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Xitoy yaqin kelajakda virtual reallik texnologiyalarining eng yirik bozoriga aylanishi mumkin. Joriy yilda mazkur bozorning umumiy kapitali 860 million dollarni tashkil qilishi qayd etilgan.

Xitoyda ushbu texnologiyaning rivojlanishida virtual reallik kafelari muhim o‘rin egallamoqdi. Bunday kafelarda tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladigan o‘nlab VR arkadalar mavjud. 3D News saytining ma’lum qilishicha, Tayvanning HTC kompaniyasi mazkur trendning imkoniyatlarini tezda ilg‘adi  hamda Taybey, Shenchjen va Pekin shaharlarida bir nechta VR-kafelarni ochishga ham ulgurdi.

vive_cafe

HTC keyingi yilda Xitoy bo‘ylab yuzlab mana shunday kafelarni tashkil qilishni rejalashtirgan. Firma ushbu virtual reallik kafelari ommalashishiga hech ham shubha qilmaydi. Boisi Xitoyda internet kafelar juda keng tarqalgan (taxminan 146 mingta).

Eslatib o‘tamiz, HTC kompaniyasi Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasida HTC Vive virtual reallik shlemlarini taqdim qilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!