Huawei 2017 yilda smartfon, planshet va noutbuklar bozoridagi ulushini oshirmoqchi

Huawei 2017 yilda smartfon, planshet va noutbuklar bozoridagi ulushini oshirmoqchi

Xitoyning Huawei kompaniyasi 2016 yilning 3 choragida jahon smartfonlar bozoridagi ulushini 7,7 %dan 8,7%ga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib xitoylik gigant smartfonlar sotuvi bo‘yicha 3 o‘ringa ko‘tarildi (Samsung va Apple’dan keyin).

IXBT nashrida yozilgan xabarga ko‘ra, Huawei kelgusi yilda Tayvan firmalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlab, nafaqat smartfonlar bozoridagi ulushini, balki noutbuk va planshetlar segmentidagi ulushini ham oshirish maqsadida.

Smartfonlar bozorida Huawei bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda faollikni kuchaytirmoqchi. Joriy yilda taqdim etilgan Nova seriyasi unga Xitoy bozorida Oppo va Vivo kabi kompaniyalar bilan raqobatlashishga yordam berishi taxmin qilinmoqda. Kompaniya onlayn kanallarda Honor seriyasini ishga solmoqchi, arzon segmentda esa SoC HiSilicon Technologies protsessorlarida ishlaydigan smartfonlardan foydalanadi.

Noutbuklarga kelsak, 2017 yilda Huawei 13 va 15 dyuymli ekranga ega yangi modellarni sotuvga chiqarishni rejalashtirgan. Noutbuklarni ishlab chiqarishni firma Foxconn kompaniyasiga topshirmoqchi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!