Huawei arzon va jozibador Honor 7X'ni taqdim qildi

Huawei arzon va jozibador Honor 7X'ni taqdim qildi

Huawei kompaniyasi bir necha daqiqa avval Xitoyda Honor 7X smartfonini taqdim qildi. Mazkur gadjet bozorda 2016 yilda taqdim qilingan Honor 6X'ning o‘rnini egallaydi. Shuningdek, bu mobil aloqa vositasi qo‘sh sensorli bosh kamerasi hamda romdan nisbatan xoliroq displeyga ega navbatdagi hamyonbop model hisoblanadi.

Smartfon metall korpusli bo‘lib, orqa paneldan barmoq izlari skaneri o‘rin olgan. Huawei Honor 7X 5,93 dyuymli Full HD+ (2160 x 1080 pikselli), 2.5D effektli qayrilma ekranga ega bo‘lgan. Uning old paneli deyarli displeydan iborat. Displey tomonlarining nisbati 18:9 ga teng.

Bosh kamera uchun 16+2 Mp sensorlar hamda selfi-kameraga 8 Mp sig‘imli sensor tanlangan. Apparat ta’minoti uchun firmaning 8 yadroli Kirin 659 protsessori, 4 GB operativ va 32, 64 yoki 128 GB doimiy xotira (fleshka uchun joy bor) mas’ul. Protsessordagi 4 ta Cortex-A53 yadrosining chastota tezligi 2.36 Ggs, qolgan 4 ta Cortex-A53 yadrosiniki 1.7 Ggs.

Huawei Honor 7X Android 7.0 Nougat'ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Gadjet 2 ta SIM-kartani, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.1 LE, GPS va GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon o‘lchamlari: 156,5 x 75,3 x 7,6 mm, vazni — 165 gramm. Devaysning akkumulyator sig‘imi 3340 mA soat.


Huawei Honor 7X 3 rangli talqinda — qora, tillarang va ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Xitoyda 17 oktyabrdan uning eng arzoni (32 GB) 198 dollardan, 64 gigabaytli talqin $258 hamda 128 gigabaytli talqin $304 dollardan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!