Huawei cud zalida Samsung'ni "yer tishlatdi"

Huawei cud zalida Samsung'ni

Mana, so‘nggi 1,5 yildirki Xitoyning Shenchjen sudida Huawei hamda Samsung kompaniyalari o‘rtasidagi patent bilan bog‘liq mojarolar ko‘rib kelinayotgan edi. So‘nggi qarorga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasiga tegishli patent qoidalarini muntazam buzib kelgan.

2016 yilning mayidan boshlangan jinoiy ishda Huawei brendiga tegishli simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq intellektual mulkdan ruxsatsiz foydalanilgan. Sud qaroriga ko‘ra, koreyalik ishlab chiqaruvchi zudlik bilan xitoylik brendga tegishli texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan qurilmalar ishlab chiqarishni to‘xtatishi hamda 12,3 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashi kerak.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Huawei kompaniyasiga tegishli patentdan foydalanib, Samsung bugunga qadar 23 modeldagi gadjetlar ishlab chiqargan. Bu sudning ilk marotaba Huawei brendiga yon bosishi emas. O‘tgan yilning aprelida ham sud qaroriga ko‘ra, Samsung aybdor topilib, unga 11,6 million dollar jarima qolingan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!