Huawei GR5: tan olingan brendning o‘rta narxli “imzosi”

Huawei GR5: tan olingan brendning o‘rta narxli “imzosi”

Tanishuv

Huawei GR5 (2017) 2016 yilda taqdim etilgan, ko‘pchilikning diqqatini tortgan shu nomdagi smartfonning yangi imkoniyatlar bilan boyitilgan versyaisi. Xitoylik Huawei GR5 (2017) — metall korpusli smartfon, 5.5 dyuymli Full HD displey, 64 bit tezlikda ishlaydigan 8 yadroli protsessor, 3 GB tezkor xotira va 32 GB doimiy ichki xotiraga ega, bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli hamda barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan deyarli flagman darajasidagi mobil aloqa vositasi. Huawei GR5 zavoddan Android 6.0 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Huawei EMUI 4.1 talqinida chiqqan. Uni tez orada so‘nggi tizimga yangilab olish mumkin bo‘ladi.

 

Huawei GR5 nimasi bilan qiziqarli?

Umuman olganda, smartfon 2016 yildagi Huawei GR5 gadjeti bilan o‘xshash ko‘p jihatlarga ega: metall korpus, orqa paneldagi bosh kamera ostidagi barmoq izlari skaneri, smartfonni boshqarishga yordam beradigan qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan bosh kamera, piksellar sig‘imi 1920x1080 belgiga teng bo‘lgan 5.5 dyuymli IPS-displey.

Shu bilan birga, 2016 yilgi talqindan farqli jihatlari ham yetarli: endi yangi talqinda Qualcomm Snapdragon o‘rniga yap-yangi va nisbatan ilg‘or bo‘lgan HiSilicon Kirin 655 protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotira ham 3 hamda doimiy xotira 32 GBga oshdi. Korpus tuzilishi ham silliqlashib, yanada jozibadorligi oshgan.

Smartfonning o‘ziga xos jihatlari qatoriga uning bosh kamerasi 2 ta ob’yektiv ko‘rinishia ishlab chiqilganini aytish mumkin: 12 hamda 2 MPli modullar tarkibi 6 turdagi optik linza va fazali avtofokus priborlaridan tarkib topgan. Qo‘sh modulli kamera smartfonga yon tomonlarni aniq-tiniq suratga olish va suratga olingandan keyin ham tasvirdagi fokusni tanlash imkonini beradi. Huawei GR5 o‘rta narxli smartfonlar sirasiga kiruvchi telefonga qo‘sh ob’yektivning o‘rnatilish tendensiyasini boshlab bergan.

 

Korpus yig‘ilishi qanday?

Huawei GR5 old panelida deyarli o‘zgarish mavjud emas. Uning ko‘rinishi Huawei’ning barcha smartfonlariga xos: kompaniya brend belgisi gadjetning iyagidan joy olgan, boshqaruv tugmalari va ekran hoshiyasi bo‘ylab yotqizilgan 2.5D effektiga ega himoya shishasi. Ekran yon tomonlaridagi rom yupqa. Ekran yuqorisidan suhbat karnayi, sensorlar, 8 megapikselli old kamera ob’yektivi hamda xat-xabar kelganini bildiruvchi an’anaviy  svetodiodli indikator o‘rin olgan.

Huawei GR5 smartfoni korpusi o‘tkir burchaklardan xoli ravon konturlarga ega bo‘lgan. Ekran yuqorisi va quyisida antennalar uchun plastik uloqlar ham mohirlik bilan joylashtirilgan. Suratda guvohi bo‘layotganingizdek, uni metall korpusdan ajratib olish qiyin.

Yoqish tugmasi va ovozni sozlash tugmasi an’anaviy ravishda korpusning o‘ng biqinidan joy olgan.

Huawei GR5’ning yuqori tom qismida audio quloqchinlar uchun 3.5 mm.li konnektor va qo‘shimcha mikrofon mikrofon uchun tuynuklar mavjud. Suratda orqa panelning silliq konturlari aniq ko‘rinib turibdi.

Korpus chap biqinida esa gibrid bo‘lmacha mavjud. Unga yoki 2 ta SIM-karta, yoki bitta SIM-karta va bitta MicroSD xotira kartasini joylashtirish mumkin. 32 GB doimiy ichki xotira sig‘imi ham yomon emas, lekin ko‘pchilik foydalanuvchilar fikricha, 2 ta sim-karta va alohida xotira bo‘lmachasi bo‘lganida maqsadga muvofiq edi.

Huawei GR5 korpusining quyi qismiga diqqatimizni qaratamiz — bu yerda tashqi dinamik, mikrofon  va MicroUSB uchun tuynuklar mavjud. Huawei bu modelda yanada zamonaviyroq bo‘lgan USB Type-C portidan foydalanmagan.

Korpusning orqa paneli to‘liq metalldan tayyorlangan. Uning quyirog‘ida Huawei logotipi mavjud. Panel yuqorisida esa  bosh kamera moduli, fotochaqnoq va barmoq izlari skaneri bor.

Huawei bu gal ham doimgidek, barmoq izlari skanerining orqa panelda joylashtirilishi foydalanuvchi uchun qulay, deb hisoblagan. Boisi, smartfonni cho‘ntakdan chiqarib, uni blokirovkadan chiqarish uchun soniyalar ketadi. Shu bilan birga, Huawei bu skanerga qo‘shimcha funksiyalarni ham joriy qilgan. Misol uchun, uning yordamida sms va xat-xabarlar aks etgan darpardani tushirish, suratlarni o‘tkazib turish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish mumkin. Skaner yuorisida esa — 12+2 MP sig‘imli qo‘sh kamera modullari. Ular bilan yonma-yon svetodiodli fotochaqnoq joylashgan.

Umumiy nazar solganda smartfonning korpusi sifatli qilib yig‘ilgan va ko‘rinishi ham jozibador. Eng muhimi, 5.5 dyuym bo‘lsa ham, qo‘lda qulay joylashadi.

Ekranning sifati qanchalik yuqori?

Huawei GR5 (2017) smartfonida 5.5 dyuymli, IPS matritsali displeyga ega FullHD ekran o‘rnatilgan. Undagi har dyuymdagi piksellar sig‘imi 401 tani tashkil qiladi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Ekran burchaklarida ham yorqinlik darajasi yetarli. Ekranning rang-tasvir uzatish salohiyati ham yuqori. Ko‘pchilik IPS turidagi ekranlarda bo‘lgani kabi, bunda ham sovuq ranglarni namoyish qilishda sezilmas kamchilik bor.

 

Samaradorlik va quvvat tizimi qanday?

2016 yildagi GR5’dan farqli ravishda, kompaniya yangi talqinda yaqindagina ishlab chiqarilgan, samarasi yuqoriroq 64 bitli HiSilicon Kirin 655 (Huawei P9 Lite’dagi “650” modelidan samarali) protsessoridan foydalangan. U chastota tezligi 2.1 GGs bo‘lgan 8 yadrodan iborat. Smartfonda Mali-T830 MP2 videokartasi o‘rnatilgan.

HiSilicon Kirin 655 — o‘rta darajali zamonaviy protsessor. Uni  aksariyat o‘rta narxli android smartfonlarda foydalaniladigan “Snapdragon 625” bilan qiyoslash mumkin. Protsessor 3 gigabaytli operativ xotira bilan ta’minlangan. Smartfonda bugungi grafik-tasvirga boy o‘yinlarni o‘ynashda biror muammo kelib chiqmaydi, korpus qizib ketmaydi. 

Huawei GR5 (2017)’da 32 GB doimiy ichki xotira o‘rnatilgan. Avvalgi yilgi 16 GB bo‘lib, ko‘pchilikni xafa qilgan edi. O‘yinlar va zarur ilovalar uchun 32 GB yetarli xotira sig‘imi. Xotira bo‘lmachasi gibrid bo‘lib, 2 ta sim-karta yoki 128 GB.gacha xotira fleshkasini o‘rnatish mumkin.

Huawei GR5 akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3340 mA soat. Bu quvvat bilan HD sig‘imli videolarni smartfonda 8 soatcha tomosha qilish, 5 soat zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Odatiy rejimda 20 soat suhbat qurish, bir soat internetdan foydalanish mumkin. Wi-Fi yoki 3G tarmoqlarida smartfon 2 kun “jon saqlaydi”. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bu protsessorning quvvat tejamkorligidandir.

Interfeys qanchalar qulay?

Smartfon Android 6.0 Marshmallow tizimining EMUI versiyasida ishlaydi.

Tizimning barcha ikonka, papka hamda vidjetlari bosh menyudan joy olgan.

Interfeysni yanada soddalashtirish mumkin:

Ekranda navigatsiya tugmasi mavjud. Bu uni bir qo‘lda boshqarish imkonini beradi.

Ekran yuqorisini barmoqda pastga tortsa tushadigan an’anaviy buyruqlar doskasi ogolantirishlar va belgilar bo‘limlariga bo‘lingan.

Huawei GR5 foydalanuvchilari xotiradagi qimmat ma’lumotlarini shifrlab, hakkerlardan himoya qilishlari mumkin.

Smartfondan biror nimani tezkor qidirish funksiyasi ham mavjud.

Firmaning quvvatni tejash rejimi Huawei smartfonlarining o‘ziga xos jihatlaridan biridir.

 

Kameraning imkoniyatlari qanday?

Asosiy “qo‘sh-ko‘z” kameraning bosh matritsasi 12 MP sig‘imli.  Undagi piksellarning hajmi: 1.25 mkm. Shuningdek, ikkinchi matritsa sig‘imi 2 MP. Unda 6 elementdan iborat optik ob’yektiv va fazali avtofokus tizimi o‘rnatilgan. Kameralar svetodiodli fotochaqnoqqa ega. Smartfon soniyasiga 1080p@30 kadr sig‘imiga ega video suratga oladi. Old kamera sig‘imi — 8 MP.

Bu borada ko‘p gapirgandan ko‘ra, Huawei GR5’da olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilsak, siz uchun ham ayni muddao.

Huawei GR5 (2017)’ning kommunikatsiya imkoniyatlari qanday?

Smartfonda EDGE/GPRS, HSPA+ (42 Mb/s.gacha), LTE Cat.4 (UL 50 Mb/s / DL 150 Mb/s) tarmoqlarida tezkor ma’lumot almashish, aloqaning GSM 850/900/1800/1900, WCDMA 900/1900/2100, FDD LTE 2100(B1)/1800(B3)/2600(B7)/900(B8)/800(B20) tarmoqlarida suhbat qurish, Wi-Fi    802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS+ (A-GPS, Glonass) kabi simsiz aloqa tarmoqlaridan foydalanish mumkin.

 

Nima xulosaga kelish mumkin?

Umuman olganda, Huawei GR5 (2017)  juda yaxshi smartfon. Uning qator qulayliklari foydalanuvchini xursand qiladi. Metall korpusli bu sifatli mobil aloqa vositasining dizayni ham o‘ziga xos, displeyi sifatli, foydalanish interfeysi qulay, kamerasi ajoyib. Bu kabi o‘rta narxli smarftonlarni hozir uchratish qiyin. Ayniqsa, uning qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi o‘rta sinfga kiruvchi raqib smarftonlar uchun qoyilmaqom zarba bo‘ldi. Ikkinchidan — Huawei GR5 (2017)’ning quvvatdorligi, quvvatni tejash imkoniyatlari, shunday katta diagonalli ekran bilan 2 kun mobaynida sizni quvvat masalasida bezovta qilmasligi — yana bir kuchli jihati. Barmoq izlari skaneri: tezkor ishlashi va qo‘shimcha funksiyalarga boyligi bilan yanada qulay va qiziqarli. Ammo, gibrid bo‘lmacha ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin. Bitta mobil operator foydalanuvchisi bo‘lganlar uchun bu ahamiyatsiz. Huawei GR5 (2017)’dagi yana bir nyuans — bu protsessor samaradorligi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2,139,000 сўм Sotib olish
olx.uz 250 АҚШ доллари Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!