Huawei ham o'zining yangi smartfonini "dinamik orol" bilan chiqaradi

Huawei ham o'zining yangi smartfonini

Apple o'tgan yili o'zining iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarining Pro modellarini tabletka dori shaklidagi tirqish bilan birgalikda ishlaydigan "dinamik orol" nomli xususiyatni taqdim qildi va u ko'pchilikda smartfonlarga bo'lgan qiziqishni oshirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kupertinolik kompaniyaning bu dizaynidan "ilhomlanishmoqda" va o'zlarining yangi smartfonlarida undan foydalanishmoqchi.

Internetda Huawei kompaniyasi o'zining yangi Nova 11 seriyasidagi smartfonlarini tabletka dori shaklidagi tirqish bilan chiqarishni rejalashtirayotganiligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Afsuski, Huawei'ning dinamik oroli operatsion tizim bilan bilan turli funksiyalarni amalga oshira oladimi yoki yo'q, bu haqida qo'shimcha ma'lumotlar mavjud emas.

Aytish mumkinki, Huawei uchun bunday shakldagi tirqishdan foydalanish begona emas. Kompaniyaning avvalgi bir nechta smartfonlari Apple dinamik oroli tirqishining biroz kaltaroq uzunlikda bo'lgan variantidagi tirqishga ega bo'lgan, faqat ular ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Biroq, Nova 11 seriyasi bilan ushbu joylashuv ekran yuqori markaziga o'zgartirilishi mumkin.

Garchi mish-mishlar to'g'ri bo'lsa ham, bu biz Android smartfonda Apple dinamik oroli stilidagi tirqishni ko'radigan birinchi smartfon bo'lmaydi – Xiaomi kompaniyasi allaqachon o'zining Civi 2 smartfonini ikkilik selfi kameralar o'rnatilgan uzunchoq tirqish bilan chiqarib bo'lgan.

O'QING: Xiaomi 13 Lite qutidan ochib ko‘rsatildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!