Huawei ham o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Huawei ham o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Huawei o‘zining veb-saytida o‘rta toifadagi Y90 smartfonini e’lon qildi. Qurilma katta sig‘imli akkumulyator, katta hajmli displey va Snapdragon 680 chipi bilan jihozlangan.

Smartfonga FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 90 gerts yangilanish va 270 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displey yuqori qismining markazida 8MP selfi kamera joylashgan. 

Orqa tomonda 50MP f/1.8 asosiy kamera va ikkita 2MP sath hamda makro kameralar joylashgan. Qurilma 40 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lib, 30 daqiqa ichida 50% gacha quvvat olishi mumkin.

Smartfon EMUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi, Huawei qobiq qaysi Android tizimiga asoslanganligi to‘grisida hech qanday ma’lumot bermadi. Qurilma Huawei Kompyuter menejeri orqali tarqatilgan fayl tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, bu qurilmaga Matebook noutbukiga ulanish va fayllarni kabelsiz uzatish imkonini beradi.

Nova Y90 modeli 8/128GB xotira versiyasi va Crystal Blue, Pearl White, Emerald Green hamda Midnight Black ranglarda sotiladi. Kompaniyaning rasmiy veb-sayti smartfonining narxi va u qachon sotuvga chiqishi haqida ma’lumot berilmagan. 

O‘QING: Poco X4 GT va F4 smartfonlari taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!