Huawei Honor 9: o‘rta narxli smartfonni yaqindan tomosha qilamiz

Huawei Honor 9: o‘rta narxli smartfonni yaqindan tomosha qilamiz

12 iyunda taqdim qilingan Huawei Honor 9 har jihatdan – samarali platformasi va hashamdor dizayni, qolaversa nisbatan arzonligi bilan diqqatga sazovor.

Bu metall gadjet korpusidan 5,15 dyuymli (IPS matritsa) Full HD displey, 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Kirin 960 protsessori, Mali-G71 videokartasi, 4/6 gigabaytli tezkor xotirasi, Android 7.1.1 operatsion tizimi, 12 va 20 megapikselli sensorlarga ega bosh kamera, elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan hamda Super Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega akkumulyator o‘rin egallagan.

Honor 9’ning bosh o‘ziga xosligi — bu narxi. 16 iyundan Xitoy bozoriga uning eng quyi jihatlarga ega talqini, ya’ni 4/64 GB xotirali talqini $338, 6/64 gigabaytli xotira talqini $390, eng yuqori — 6/128 GB versiyasi esa $441 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Quyida Honor 9 o‘zining raqibi bo‘lgan Xiaomi Mi 6 bilan taqqoslangan. Aytish kerakki, jahonning eng ilg‘or protsessori bo‘lgan Snapdragon 835’da ishlaydigan Xiaomi Mi6 smartfonining eng arzon, ya’ni 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 dollardan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!