Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro flagmanlarini taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  1062
  •  23.08.2017 12:35

Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro flagmanlarini taqdim etadi

Xitoyning Zol portali xabariga ko‘ra, Huawei kompaniyasi yaqin orada bitta emas, ikkita yangi flagmanini namoyish qiladi. Bular Huawei Mate 10 hamda Mate 10 Pro modellari bo‘lishi aytilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalgi tarqalgan mish-mishlarda, Huawei kompaniyasi Mate 10 bilan birga Mate 10 Lite modelini chiqarishi taxmin qilingan edi.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei Mate 10 modeli diagonaliga 5,8 dyuymlik standart displey bilan jihozlanadi. Mate 10 Pro bo‘lsa hozirgi trend bo‘yicha romsiz, diagonali 6,1 dyuymlik ekranga ega bo‘ladi va bu ekran qurilma old ekranini deyarli butunlay qoplab oladi. Pro modelining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lishi ham aytilgan.

O‘tgan galgi Mate 9 va Mate 9 Pro flagmanlaridagi singari, yangi qurilmalarda ham barmoq izi skanerlari turli joylardan o‘rin oladi. Ya’ni, Huawei Mate 10’ning daktiloskopik datchigi «Uyga» tugmachasida joylashtirilsa, uning Pro versiyasida esa mazkur skaner orqa panelda bo‘ladi.

Shu paytgacha «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 10 flagmani 8 yadroli HiSilicon Kirin 970 chipiga, Heimdallr MP grafik tezlatgichiga va zamonaviy qo‘shaloq kameraga ega bo‘ladi.

Har ikkala model joriy yilning 16 oktyabrida Germaniyaning Myunxen shahrida taqdim qilinishi kutilmoqda. Flagmanning standart versiyasiga 599.99 dollar narx belgilashi kutilmoqda, uning Pro talqini esa 1100 atrofidagi narxda bozorga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!