Huawei Mate 9 smartfonining taqdimot sanasi va narxi ma’lum qilindi
Xitoyning Weibo mikrobloglar tarmog‘ida Huawei Mate 9 flagmaniga tegishli taqdimot sanasi va bir qator texnik parametrlar ma’lum etildi.
Ushbu manbaga ko‘ra, Huawei Mate 9 anonsi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Apparatning 4 Gb tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega versiyasi taxminan 475-505 dollar atrofida sotuvga chiqariladi. Modelning 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotirali modifikatsiyasi esa 580 dollarga baholanadi.
6 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira o‘rnatilgan versiya 700 dollar narxida xarid qilinishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq tarmoqda paydo bo‘lgan xabarlarda, Huawei Mate 9 6 dyuyli FHD ekran, Kirin 960 protsessori va Leica kompaniyasi tomonidan sertifikatlangan 20 MPli qo‘sh kameraga ega bo‘lishi aytilgan edi.