Huawei MateBook D (2018) – MacBook’dan ko‘p tomonlama yaxshi ultrabuk taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1236
  •  26.12.2017 12:04

Huawei MateBook D (2018) – MacBook’dan ko‘p tomonlama yaxshi ultrabuk taqdim etildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi nafaqat smartfonlar va turli tarmoq jihozlarini, balki ajoyib noutbuklarni ham ishlab chiqaradi. Kechagina u, o‘ziga xos metall korpusga ega ajoyib ultrabuklarni tayyorlashda ham Apple’dan qolishmasligini isbotladi. 2017 yil 25 dekabrda Huawei taqdim etgan MateBook D (2018) modeli nafaqat texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida jamlagani, balki qoyilmaqom dizayni bilan ham e’tiborga loyiq.

O‘QING: Jahonda eng yaxshi sotilayotgan noutbuk brendlari va modeli ma’lum bo‘ldi

MateBook D (2018) noutbuki diagonaliga 15,6 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlangan, displeyning tasvir aniqligi esa Full HD formatida (1920x1080 pikselli). Ekranning yorug‘ligi 350 nit, u 45 foizlik NTSC ranglar gammasini qamrab olgan.

Gadjet sakkizinchi avlod Intel Core i5-8250U protsessori bazasida, 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Unga Nvidia MX150 grafik kartasi o‘rnatilgan. 43,3 vattlik akkumulyatori esa noutbukning ekran yoqiq holida o‘rtacha kuch bilan 8,5 soatgacha ishlashini ta’minlab bera oladi.

Qolgan xususiyatlariga kelsak, MateBook D (2018) bitta USB 2.0 portiga, qattiq disklar va boshqa periferik qurilmalarni ulash uchun ikkita USB 3.0 portiga ega. Shuningdek, 4K@60fps formatini qo‘llab-quvvatlovchi bitta HDMI porti ham mavjud. Bulardan tashqari, mazkur ultrabuk 2,4 GGs hamda 5 GGs chastotatalarida ishlovchi Wi-Fi 802.11ac tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan ham maqtansa arziydi. Tag‘in, shuncha qudratli texnik ta’minotiga qaramasdan, qurilmaning metall korpusi qalinligi atigi 16,9 millimetrga teng.

O‘QING: Xiaomi hozirgina 8-avlod chipiga ega Mi Notebook Pro'ni taqdim qildi

Huawei kompaniyasining ushbu yangi noutbuki Xitoy hududida yaqin kunlar ichida sotuvga chiqariladi. MateBook D (2018) devaysi protsessori va ichki flesh-xotirasi hajmiga ko‘ra uch xil modifikatsiyada taqdim etiladi va narxlari ham shunga yarasha bo‘ladi:

  • Intel Core i5 protsessori va 256 GBlik SSD-diskka ega modeli – $795;
  • Intel Core i5 protsessori, 128 GBlik SSD-disk va 1 TBlik HDD-diskka ega modeli – $839;
  • Intel Core i7 protsessori, 128 GBlik SSD-disk va 1 TBlik HDD-diskka ega modeli – $1020.

Mazkur noutbukni Apple MacBook Pro 15 (2017) bilan solishtirganimizda, Huawei mahsulotining ustunligi yaqqol seziladi. Kupertinolik gigantning ultrabukidan u naq ikki baravarga arzon, ammo to‘laqonli USB-portlar jamlanmasiga ega – turli perexodniklarga hojat yo‘q. Shuningdek, boshidanoq ko‘pchilik foydalanuvchilar nazdida universalligi bilan tanilgan Windows 10 Pro operatsion tizimi o‘rnatilgan holda chiqarilishini ham MateBook D (2018)ning ustunliklari qatorida keltirib o‘tish mumkin.

O‘QING: Apple Intel’ning kuchli chipiga ega MacBook’larni taqdim qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!