Huawei MateBook noutbuklari taqdim qilindi

Huawei MateBook noutbuklari taqdim qilindi

So‘nggi haftalarda Huawei kompaniyasiga oid yangiliklar oqimi jadallashdi. Bu brendning Shanhayda o‘tgan navbatdagi taqdimotida Matebook turkumiga kiruvchi yangi noutbuklar taqdim qilindi. “D”, “E”, “X” qo‘shimcha nomlarga ega yangi laptoplar jihati va narx-navosiga ko‘ra bir-biridan farqli.

Huawei MateBook X
Huawei MateBook X’ning 13 dyuymli ekrani bosh panelning 88 foiz qismini egallab olgan. Gadjet displeyining sig‘imi 2K (2160 × 1440). Uning korpus qalinligi — 12,5 mm!
Noutbukda Dolby Atmos Sound System audio-tizimi va barmoq izlari skaneri hamda shifrlashga mo‘ljallangan alohida chip mavjud.
Matebook X noutbuki 4 talqinda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, Core i5 protsessori, 4 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiralisi $1028 dollar, Core i5, 8 GB tezkor va 256 doimiy xotirali talqini $1175 dollar, shuningdek 512 gigabaytili doimiy xotiraga ega talqini $1323, eng yuqori — Core i7, 8 GB tezkor va 512 GB doimiy xotirali talqini $1470 dollarga baholangan.

Matebook E
Sig‘imi 2K (2160 × 1440 piksel) bo‘lgan 12 dyuymli sensor ekranli Matebook E plansheti nisbatan arzon. U — noutbuk-transformer. Bu gadjet yangicha Folio turidagi klaviaturaga ega.
Gadjet 2 diapazonli WI-Fi (2 × 2 MIMO) tarmog‘ida ishlaydi. Uning 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatori to‘liq quvvat bilan 9 soat ishlaydi.
Uning eng quyi talqiniga Intel Core M3 protsessori, 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan bo‘lib, $734 dollarga narxlangan. Core i5, 4 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira o‘rnatilgan talqin $1013, eng yuqori — Core i5, 8 GB tekzor va 256 GB doimiy xotiraga ega versiya $1087 dollardan sotuvga chiqariladi.


Matebook D
Huawei’ning taqdimotdagi kutilmagan yangiligi – biznes-turkumiga kiruvchi to‘liq o‘lchamli Matebook D noutbukining namoyishi bo‘ldi.
15,6 dyuymli Full HD sig‘imli ekranga ega Matebook D – so‘nggi avlod Kaby Lake arxitekturasiga ega Intel Core i5/i7 protsessori va kuchli, alohida tezkor xotiraga ega NVIDIA GeForce 940MX videokartasi bilan o‘ziga xos. Shu jihati bilan u kompaniya tarixidagi o‘ziga xos noutbuk bo‘ldi.
Gadjet $734 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning eng yuqori talqini $1072 dollarga baholangan bo‘lib, Core i7 protsessori, 8 GB tezkor va 128 GB (SSD) HAMDA 1 TB (HDD) doimiy xotiraga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!