Huawei’ning hamyonbop MediaPad T1 7.0 3G plansheti O‘zbekiston bozorida!

  •   DiMaX
  •  2611
  •  19.06.2017 17:41

Huawei’ning hamyonbop MediaPad T1 7.0 3G plansheti O‘zbekiston bozorida!

MediaPad T1 7.0 3G – Huawei kompaniyasining hamyonbop plansheti. Nomidan ham ma’lumki, qurilma 3G moduliga va 7 dyuymlik diagonalli displeyga ega. Quyida uning boshqa xususiyatlari va narxi bilan ham tanishib chiqamiz.

Planshetga 1,2 GGs chastotada ishlovchi to‘rt yadroli Spreadtrum SC7731G protsessori qo‘yilgan. Uning tezkor xotirasi hajmi 1 GB, ichki xotirasi hajmi esa 8 GBga teng. Yaxlit metall korpusga ega MediaPad T1 7.0 3G planshetiga Huawei EMUI 3.0 interfeys qobig‘idagi Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.

4100 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishidan tashqari, ushbu gadjet quvvat sarfini boshqaruvchi SmartPower 2.0 maxsus texnologiyasi bilan ham ta’minlangan. Shuning evaziga u kutish rejimida 300 soatgacha, video ko‘rish rejimida 12 soatgacha, Wi-Fi tarmog‘i orqali internetga kirishda esa 8 soatgacha bardosh bera oladi.

MediaPad T1 7.0 3G planshetining texnik xususiyatlari:

  • O‘lchamlari: 192x107x8,5 mm;
  • Vazni: 278 gramm;
  • Ekran: diagonali 7 dyuymli, 1024×600 pikselli displey;
  • Operatsion tizim: Huawei EMUI 3.0 interfeys qobig‘idagi Android 4.4 KitKat;
  • Protsessor: 1,2 GGs chastotali 4 yadroli Spreadtrum SC7731G;
  • Tezkor xotira: 1 GB;
  • Ichki xotira: 8 GB doimiy; yana 32 GBgacha hajmli microSD kartasi qo‘yish mumkin;
  • Kamera: 2 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kameralar;
  • Akkumulyator: olinmaydigan, 4100 mA/soat sig‘imli, quvvat sarfini boshqaruvchi SmartPower 2.0 maxsus texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekistonda ham mazkur hamyonbop planshetni 135 sh.b. narxida xarid qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!