Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

  •   DiMaX
  •  1409
  •  05.01.2018 15:09

Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Xitoylik yetakchi smartfonsozlardan hisoblanmish Huawei korporatsiyasining navbatdagi flagmani – P11 haqida ko‘p ma’lumotlar berganmiz. Uning 40 megapikselli asosiy kamerasi uchta ob’yektivga ega ekanligi, dizayni kupertinolik gigantning superflagmaniga o‘xshash bo‘lishidan ham xabaringiz bor.

O‘QING: Huawei P11 hatto iPhone X egalarining ham havasini keltiradi!

Lekin, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei o‘zining yangi smartfonini P11 emas, balki P20 deb nomlayapti ekan, deb yozadi GizmoChina nashri. Shuningdek, mazkur flagman uchta versiyada taqdim etilishini aytishmoqda: oddiy P20, displeyi kattaroq bo‘lgan P20 Plus hamda eng ilg‘or P20 Pro modellari.

Internetda mazkur uchta modelning chizmalari ham tarqalgan. Ularda Huawei smartfonlari yupqa romli katta ekranga hamda uchta modulli kameraga ega tarzda ko‘rsatilgan.

Oddiy Huawei P20 modeli tomonlari 18:9 nisbatli ekranga ega, uning ostida esa barmoq izi skaneri o‘rin oladi. Smartfonning orqa panelida asosiy kameraning sensorlari va chaqnog‘i gorizontal shaklda tizilgan.

Huawei P20 Plus ham oldingi modelga o‘xshaydi, lekin uning uchta datchikli kamerasi orqa panelning yuqori chap burchagida tikka holda joylashadi.

Kompaniyaning Huawei P20 Pro flagmani esa bu ikki modeldan tubdan farq qiladi. Ekranining yuqorisida «o‘yiq» mavjudligi sababli, uning old tomoni iPhone X’ga o‘xshab ketadi. Bu modelda barmoq izi skaneri ham orqa panelga ko‘chiriladi. Uchta ob’yektivli asosiy kamera va ular tagidagi daktiloskopik datchik smartfon orqasida, o‘rtada tikka joylashadi.

Xitoylik texnogigant mazkur flagmanlarini MWC 2018 tadbiri doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Uning narxi va xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan avvalgi xabar va maqolalarimiz orqali tanishib olishingiz mumkin.

O‘QING: Uch modulli kameraga ega Huawei P11 X videosi chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!