Huawei’ning romsiz Honor V10 flagmani ilk «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1192
  •  24.11.2017 15:47

Huawei’ning romsiz Honor V10 flagmani ilk «jonli» suratlarda!

Xitoyning yetakchi smartfonsozlaridan sanalmish Huawei o‘zining Honor V10 rusumli flagmanini 28 noyabrda taqdim etmoqchi. Ammo ungacha insayderlar qurilmaning haqiqiy rasmlarini internetga chiqarishdi, deb yozadi PhoneArena nashri.

O‘QING: Huawei’ning Honor V10 smartfoni fosh bo‘ldi

Suratlardan payqash mumkinki, yangi qurilma ingichka romli, tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 ni tashkil etuvchi katta displeyga ega. Honor V10 modeli kompaniyaning so‘nggi flagmani – Mate 10 Pro’ning nisbatan hamyonbop, ammo o‘ziga xos jihatlarga ega versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Yarim bahosidagi flagman -- Honor 9 yurtimizda ham sotilmoqda!

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Honor V10 diagonali 5,99 dyuymga, aniqligi 2160x1080 pikselga teng ekran bilan jihozlangan. U Huawei’ning «sun’iy ong» tizimiga ega ilg‘or Kirin 970 chipseti bazasida ishlaydi. Devaysning tezkor xotirasi 6, doimiy flesh-xotirasi esa 64 yoki 128 gigabayt hajmga ega.

Honor V10’ning asosiy kamerasi 16 va 20 megapikselli sensorlardan iborat, selfi-kamerasi esa 13 megapikselli, deyishmoqda. Ekrani romsiz bo‘lganligi sababli, bu modelda barmoq izi skaneri orqa panelga ko‘chirilgan. Smartfonga 3 750 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi, deyiladi xabarlarda.

O‘QING: «Malika»da sotilayotgan Honor 6A hamda Honor 6C modellarining texnik xususiyatlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.