Huawei’ning romsiz va «qo‘shko‘z» Honor 7X smartfoni ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  1623
  •  27.09.2017 15:52

Huawei’ning romsiz va «qo‘shko‘z» Honor 7X smartfoni ham tayyor!

Xitoylik gigant Huawei subbrendi – Honor kompaniyasi hali taqdim etilmagan Honor 7X smartfonining rasmiy tizerini e’lon qildi. Unda gadjetning namoyish sanasi ham ko‘rsatilgan, deya xabar beradi GizmoChina.

Avvalgi «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, bu qurilma Honor V9 Mini deb atalishi kerak edi, ammo ishlab chiqaruvchining o‘zi reklama posterida uning nomlanishi boshqacha ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, tizer bu smartfonning romsiz ekraniga va qo‘shaloq ob’yektivli asosiy kameraga ishora qilgan. Honor 7X’ning taqdimot sanasi ham tizerda ko‘rsatilgan – uni 11 oktyabrda rasman namoyish etishadi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, Honor 7X tashqi ko‘rinishi jihatidan Honor V9 modeliga o‘xshashdir. Bu qurilma o‘rta narx segmentidagi metall korpusli smartfon bo‘ladi. Orqa panelda qo‘shaloq kameradan tashqari barmoq izi skaneri ham joylashgan. Devays USB Type-C portiga, diagonali 5,9 dyuymli displeyga ega.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!