Huawei nova 6 32MP selfi kameraga ega bo‘ladi

Huawei nova 6 32MP selfi kameraga ega bo‘ladi

Huawei nova 6 5G smartfoni 5 dekabr kuni taqdim qilinadi.

Kompaniya o‘tgan hafta o‘rtoqlashgan videosidan ma’lum bo‘lgandiki, qurilma qo‘shaloq selfi kameraga ega bo‘ladi. Kuni kecha taqdim qilingan yana bir promo-videoda esa smartfonning selfi kamerasi 32 megapikselli bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Asosiy old kameraga qo‘shimcha, 8MP ultra keng burchakli linza ham bo‘ladi. 

Videoda boshqa hech qanday yangi ma’lumot berilmagan. Kameralarining past yorug‘likda ishlash sifatini ko‘rsatish maqsadida rolik tunda olingan. "Ming marta gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal", deganlaridak tizerga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin:

nova 6 5G Kirin 990 chipida ishlab, 6,44" LCD 1080p rezolyusiyali ekran paneliga ega bo‘ladi. Smartfonning orqa tomonida asosiy kamerasi 60MP bo‘lgan to‘rt linzali kamera moduli o‘rnatiladi. Akkumulyator esa 4 000 mA/soat sig‘imli bo‘lib, 40 vattda zaryadlanadi.

O‘QING: Huawei ikki oy ichida 7 milion dona Mate 30 smartfonlarini sotdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!