Huawei P10 modelining foto-renderlari e’lon qilindi

Huawei P10 modelining foto-renderlari e’lon qilindi

Xitoyning Weibo mikroblogida Huawei kompaniyasining navbatdagi flagmani P10 modeliga tegishli yangi foto-renderlar e’lon qilindi, deb yozmoqda Mobil Telefon nashri.

Rasmda modelning tillarang va qora rangdagi versiyalari ko‘rsatilgan. Leica bilan hamkorlikda yaratilgan qo‘sh kamera (20+12 MP) flagmanning hozircha eng asosiy kuchli xususiyatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.  Kamerada P9 modelidagi singari Summarit H linzalari qo‘llanadi.

Mish-mishlarga qaraganda model 5,5 dyuymli Quad HD formatidagi ekranga ega bo‘ladi. Barmoq izi skaneri har doimgiday orqa korpusda emas, balki old paneldan o‘rin oladi. Albatta, hozir bu parametrlarni yuz foiz aniq deyish mushkul. Ammo katta ehtimol bilan yangi flagman yuqoridagi xususiyatlar bilan ta’minlanishi kutilmoqda.