Huawei P11 hamda P12 smartfonlari ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ko‘rinish berdi

  •   DiMaX
  •  1581
  •  12.01.2018 18:01

Huawei P11 hamda P12 smartfonlari ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ko‘rinish berdi

Xitoylik texnogigantning navbatdagi flagmani haqida turli xabarlar chiqishda davom etmoqda va ular ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi. Jumladan, dastlab yangi model Huawei P11 deb nomlanishi va 40 megapikselli, uchta modulli asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilgan edi. Keyin esa bu yangi flagman P20 deb atalishi xususida ma’lumotlar tarqaldi.

O‘QING: Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Endi esa, ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida kutilmaganda hali taqdim etilmagan Huawei P11 va P12 modellari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. GSMArena xabariga ko‘ra, bu hali saytning sinov bosqichidagi sahifasidir. Qizig‘i – u yerdagi suratlar va ma’lumotlar  Huawei Ascend Mate 7 modeliga tegishli, ammo bu sahifalar Huawei P11 hamda P12 deb nomlangan.

Shu paytgacha chiqqan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P11 (yoki, qanday nomlanishidan qat’i nazar, kompaniyaning navbatdagi flagmani)  diagonali 6.01 dyuymga teng bo‘lgan Samsung EA8074 CMD TFT ekraniga ega bo‘ladi. Displeyning tasvir aniqligi 2160×1080 pikselni tashkil etadi va uning yuqori qismida, xuddi iPhone X ekranidagi kabi, «kemtik» mavjud – unda selfi-kamera va gaplashish dinamigi o‘rin oladi.

Flagman kelasi oyning oxirida – MWC 2018 tadbirida taqdim etilishi kutilmoqda. Unga Huawei’ning «sun’iy idrok»li Kirin 970 protsessori o‘rnatiladi. Ammo bu smartfon hali taqdim etilmagan Kirin 975 chipi bilan chiqarilishi haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

O‘QING: Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi

Aytish kerakki, Huawei P12 modeli haqida umuman ma’lumot yo‘q. Aftidan, u bo‘lajak flagmanning yanada takomillashtirilgan yoki o‘lchamlari kattaroq versiyasi bo‘lsa kerak.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!