Huawei P11 taqdimoti haqida Bryus Li ma’lum qilgan

Huawei P11 taqdimoti haqida Bryus Li ma’lum qilgan

Huawei an’anaviy ravishda har yili “P” turkumida yangi smartfon taqdim qilib kelmoqda. Jumladan, xitoylik kompaniya Huawei R9 va R8 smartfonlarini 2015 yilning hamda 2016 yilning aprel oylarida namoyish qilgan edi.

Bir hafta ilgari yakunlangan Mobile World Congress 2017 anjumanida Huawei tomonidan P10 smartfoni taqdim qilindi. Bu namoyishdan ko‘p o‘tmasdan kompaniya keyingi yil bo‘lib o‘tadigan Jahon Mobil Kongressida Huawei P11 flagmanini taqdim qilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilikka ushbu xabarni Huawei’ning mobil qurilmalar bo‘linmasi vitse-prezidenti Bryus Li (Bruce Lee) yetkazgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.