Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  2247
  •  09.01.2018 13:32

Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi

2017 yilning ikkinchi yarmida Huawei korporatsiyasi o‘zining sakkiz yadroli flagman protsessori – HiSilicon Kirin 970 modelini taqdim etgan edi. U «sun’iy ong» tizimini ta’minlash uchun NPU neyron soprotsessoriga va bir qator foydali xususiyatlarga ega. Hozirga kelib, xitoylik kompaniya o‘zining Mate 10, Mate 10 Pro va Honor V10 smartfonlariga mana shu chipni joylagan.

O‘QING: Huawei romsiz ekranli Honor V10’ni rasman taqdim etdi

Ushbu korporatsiya endi joriy yilda Huawei P20 smartfonini namoyish etishni rejalashtirgan. Bu flagman 40 megapikselli, uchta ob’yektivli asosiy kameraga va bir qator innovatsion texnologiyalarga ega.

Kuni kecha internetga chiqqan ma’lumotlarga qaraganda, Huawei P20 dunyodagi eng qudratli protsessor bazasida ishlaydigan baquvvat smartfon bo‘ladi. Bu yerda gap yangi, hali taqdim etilmagan Kirin 975 chipseti haqida ketyapti. Xabarlarga ko‘ra, u oldingi «avlod»i – Kirin 970 protsessoridan ham 20–25 foizga kuchliroq bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi o‘zining Kirin 975 chipsetiga smartfondagi uch modulli kameraning faoliyatini to‘laqonli uyg‘unlashtiruvchi maxsus qo‘shimcha ham qo‘shish niyatida.

O‘QING: Snapdragon 835 ma’lumot uzatishda Huawei protsessoriga mag‘lub bo‘ldi

Huawei P20 smartfoni uchta ob’yektivli asosiy kamera bilan jihozlangan jahondagi ilk mobil qurilma bo‘layotganidan xabaringiz bor. Shuningdek, u kamerasining 4 karrali optik zumga egaligi bilan ham maqtansa arziydi. Dunyodagi eng baquvvat Kirin 975 protsessori bilan esa bu flagman shunchaki fantastik smartfonga aylanishi kutilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P20 modeli tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan romsiz displeyga ega. Ekranning ostida barmoq izi skaneri joylashadi, gadjetning tezkor va doimiy xotirasinig hajmi tegishlicha 6 hamda 64 gigabaytni tashkil etadi. Uch sensorli asosiy kamerasi 40, selfi-kamerasi esa 24 megapikselli. Bu flagmanning rasmiy taqdimoti fevralning oxirida, MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!