Huawei P20’ning uch xil talqini haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

  •   DiMaX
  •  3637
  •  29.01.2018 17:10

Huawei P20’ning uch xil talqini haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

MWC 2018 ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etilishi kutilayotgan qoyilmaqom smartfonlar orasida xitoylik texnogigantning Huawei P20 flagmani ham bor. Mazkur telefon uch xil talqinda taqdim etilishidan xabardorsiz.

O‘QING: Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Taniqli insayder Roland Kvandt o‘zining Twitter-akkaunti orqali ushbu smartfonning uch xil talqinda ishlab chiqarilajagini tasdiqladi. Shuningdek, u mazkur modellarning kodli nomlari hamda ranglarini ham ma’lum qildi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei chindan ham P20 flagmanini, shuningdek uning P20 Plus hamda P20 Lite talqinlarini ham taqdim etadi. Bulardan birinchisining kodli nomi – Emily. Bu model ikki xil – qora va qoramtir (Ceramic Black va Twilight) ranglarda taqdim etiladi. Huawei P20 Plus esa Charlotte kodli nomi ostida, xuddi shu asosiy talqindagi kabi ranglarda chiqariladi. Huawei P20 Lite’ning kodli nomi esa Anne bo‘lib, uch xil: qora, ko‘k va pushti (Midnight Black, Klein Blue hamda Sakura Pink) ranglarda ishlab chiqariladi.

Huawei mazkur flagmanini sun’iy idrok texnologiyasiga ega ilg‘or Kirin 970 chipi bilan jihozlagan. U uchta ob’yektivga ega 40 megapikselli asosiy kameraga, mexanik «Uyga» tugmachasiga hamda to‘liq ekranli dizaynga ega.

O‘QING: Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.