Huawei P20 Pro: Eng yaxshi kamerafonda surat olib ko‘rishdi

Huawei P20 Pro: Eng yaxshi kamerafonda surat olib ko‘rishdi

Bosh kamerasida 3 ta sensori mavjud jahondagi ilk smartfon bo‘lgan Huawei P20 Pro hamda uning quyi talqini, bosh kamerasi 2 sensorli bo‘lgan Huawei P20 modellarining kamerafon sifatidagi imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

DxOMark kompaniyasi mutaxassislari fikriga ko‘ra, ular ayni paytda jahonning eng yaxshi suratga oluvchi smartfonlaridir. Quyidagi suratlarni tomosha qilib, kamerafonlarga o‘zingiz baho bering.

Smartfonlar Leica firmasining qo‘sh sensorli bosh kamerasiga ega bo‘lishgan. Huawei P20 12 megapikselli rangli va 20 megapikselli oq-qora tasvir oluvchi sensorlar hamkorlikda yaxshi surat oladi. Bosh kamera manzarani 2 karra yaqinlashtirish funksiyasiga ega.

Smartfon kamerasi yordamida manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga olish bunga qadar kuzatilmagan.

Huawei P20 Pro bosh kamerasidagi asosiy sensor 40 megapikselli va bu rangli sensor f/1.8 hajmli aperturaga ega bo‘lgan hamda manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga oladi. Bosh kameradagi ikkinchi datchik 20 megapikselli va manzarani oq-qora suratga oladi. Uning yorug‘lik taqsimlovchi linzasi f/1.6 hajmli.

Uchinchi sensor 8 megapikselli va u telefoto vazifasini bajaradi, ya’ni keng burchakda suratga oladi. Bosh kamerada fazali avtofokus, davomli avtofokus, lazerli va chuqurlashtirilgan avtofokus, 5 karralik gibrid zum, HUAWEI'ning "aqlli" barqarorlashtirish funksiyalari, sekundiga 960 ta kadrga ega sekinlashtirilgan videolar yozish imkoniyatiga ega. Bosh kamera 4K sig‘imli video tasvirga oladi.

Huawei katta o‘lchamli pikseli bilan ham maqtanmoqda: Huawei P20 Pro pikseli Galaxy Note 8 va iPhone X'nikidan bir yarim barobar katta.

Har uchala sensor olgan suratlar avtomatik ravishda yaxlit holga keladi va keng dinamik diapazonga va tabiiy rangga ega bo‘lgan tasvirlar hosil bo‘ladi.

Devayslardagi 24 megpikselli old kamera esa "sun’iy aql" orqali chiroyli selfilar olishga xizmat qiladi. Ayniqsa, "3D portret" suratlar! Bu devays sekundiga 960 ta kadr muhrlaydigan sekinlashtirilgan videolar oladi.

O‘qing: Rasmiy: Huawei P20 Pro — hayratomuz smartfon taqdim qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.