Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1931
  •  05.03.2018 18:39

Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

Xitoylik texnogigantning Huawei P20 turkumida taqdim etiladigan smartfonlari haqida ko‘p narsa ma’lum bo‘lib bo‘lgan. Parij shahrida 27 mart kuni bo‘lib o‘tadigan anjumanda Huawei P20, P20 Pro hamda P20 Lite modellari namoyish qilinadi.

O‘QING: Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

Biroq bugun chiqqan xabarga ko‘ra, kompaniya ushbu turkumda uchta emas, balki to‘rtta modelda smartfon tayyorlamoqda ekan. Ularning to‘rtinchisi Huawei P20 Porsche Edition deb ataladi va u mazkur turkumdagi qurilmalarning eng qimmati bo‘ladi. «Osmon osti saltanati»dan kelgan gap-so‘zlarga qaraganda, unga 950 AQSh dollari atrofida narx belgilanadi.

Funksionalligiga kelsak, yangi ma’lum bo‘lgan smartfon ham xuddi P20 Pro kabi uch modulli asosiy kameraga ega bo‘ladi. Huawei’ning «sun’iy ong» tizimli ilg‘or protsessori sharofati bilan P20 Porsche Edition yanada sifatli suratga ola biladi. U hatto, iPhone X va Pixel 2’ni yengib o‘tib, ayni damda DxOMark reytingida yetakchilik qilayotgan Galaxy S9+ flagmanidan ham kuchli kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!

Shuningdek, Huawei P20 Porsche Edition o‘z korpusining materiali hamda xotirasining hajmi bilan ham P20 Pro modelidan ustun bo‘lishi taxmin qilingan.