Huawei qo‘sh 3D-kamerali Honor V9’ni taqdim qildi

Huawei qo‘sh 3D-kamerali Honor V9’ni taqdim qildi

Xitoylik texnologiya ishlab chiqaruvchisi Huawei o‘z yurtida Honor V9 nomli yangi smartfon modelini namoyish qildi. Bu flagman imkoniyati kompaniyaning P va Mate seriyasiga kiruvchi gadjetlari imkoniyatlari bilan deyarli teng. Ushbu smartfonning o‘ziga xos jihati sifatida unga o‘rnatilgan, atrof-muhitni 3D o‘lchamda suratga oladigan qo‘sh kameralarni aytish mumkin.

5,7 dyuymli, sig‘imi QHD (2560x1440 piksel) bo‘lgan LPTS turidagi displey bilan ta’minlangan Huawei Honor V9 gadjeti 4 Gb yoki 6 Gb tezkor xotira, 64 Gb yoki 128 Gb doimiy ichki xotira bilan ta’minlanadi. microSD bo‘lmachasi orqali xotirani yanada kengaytirish mumkin.

Yupqa metall korpusli Honor V9’ga Huawei mahsuloti bo‘lgan 8 yadroli ilg‘or HiSilicon Kirin 960 protsessori o‘rnatilgan. Honor V9 devaysi Android 7.0 Nougat operatsion tizimining kompaniya tomonidan qayta ishlangan EMUI 5.0 interfeysida ishlaydi.

2 ta SIM kartaga mo‘ljallangan Huawei Honor V9 aloqaning 4G/LTE; 3G TD-SCDMA, WCDMA, CDMA2000; GSM GPRS/EDGE, CDMA 1X tarmoqlarida ishlaydi.

f/2.2 aperturali bosh kamera 12 MP rangli va 12 MP oq-qora rangda 3D o‘lchamda, ya’ni lazerli fokusirovka tizimi yordamida yon tomonlarni ham suratga oladi. Ularni 3D-foto ko‘rinishida ham nashr etish mumkin. Yorug‘lik past joyda ham kameralarning yaxshi suratga olishi aytilmoqda. Ularda 4K sig‘imli video tasvirga olish mumkin. Old kamera 8 MP bo‘lib, Full HD video yoza oladi.

Shuningdek, Honor V9’da barmoq izlari skaneri, akselerometr, giroskop, yorug‘lik va masofa-oarliq sensorlari, elektron kompas mavjud. Uning korpus o‘lchamlari: 157x77,5x6,97 mm, og‘irligi 184 gramm. Honor V9 akkumulyatori sig‘imi 4000 mA/ soat.

Xalqaro bozorga Honor 8 Pro nomi bilan chiqarilishi aytilayotgan smartfonning 4/64 GB talqini Xitoyning o‘zida 28 fevraldan 377 AQSh dollari, 6/64 GB talqini 436 AQSh dollaridan, eng yuqori 6 GB operativ xotira va 128 GB ichki xotira talqini esa 508 AQSh dollaridan sotiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!