Huawei Sound X aqlli karnayi taqdim qilindi

Huawei Sound X aqlli karnayi taqdim qilindi

Kecha Huawei nafaqat MatePad Pro flagmanli planshetini, balki o‘zining birinchi aqlli karnayi — Sound X'ni ham taqdim etdi.

Rasmda ko‘rib turganingizdek, Huawei Sound X Apple HomePod'ni eslatadi. Ikki qurilmaning narxlari ham o‘xshash: Huawei o‘zining yangi mahsuloti narxini 285 dollarga belgilagan, ikkitasidan iborat komplekt esa 553 dollarga sotiladi.Keling, parametrlarga o‘tamiz. Karnay 360 darajali tovushga ega, ya’ni uni qanday joylashtirish ahamiyatga ega emas. Ichida 60 vattlik qo‘sh-subvufer va sakkizta bir yarim dyuymli, har biri 8 vatt quvvatiga ega bo‘lgan izluchatellar joylashgan. Huawei kolonkaning chastota diapazoni 40GHz'dan boshlanishiga urg‘u bermoqda. Bundan tashqari, qurilma Hi-Res sertifikatiga ega birinchi aqlli kolonka hamdir. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Huawei qurilma ustida Devialet kompaniyasi bilan birgalikda ish olib borgan.

Oltita mikrofon karnayga besh metrgacha uzoqlikdagi ovozli buyruqlarni qabul qilishga imkon beradi. MediaTek MT8518 chipi esa ma’lumotlarni qayta ishlashga mas’ul. Shuningdek, kolonka 1GB tezkor va 8GB doimiy xotiraga ega. Smartfon bilan tezkor ulanishni ta’minlash uchun NFC moduli qo‘llangan.

Kolonka o‘lchamlari 165 x 203 mm, og‘irligi esa 3,5 kg. Hech qanday rang variantlari yo‘q - faqat qora rangda. Huawei bugundan buyurtmalarni qabul qilishni boshlaydi, sotuvga esa 5 dekabrdan boshlab chiqariladi.

O‘QING: "Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.