Huawei Training Effect texnologiyasiga ega fitnes-trekerni taqdim qildi

Huawei Training Effect texnologiyasiga ega fitnes-trekerni taqdim qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi Band 2 va Band 2 Pro deb nom olgan 2-avlod fitnes-trekerlarini taqdim qildi.

Texnik imkoniyatlari

Mazkur bilak gadjeti foydalanuvchining qadamini hisoblash, masofa oralig‘ini belgilash, tezlikni o‘lchash hamda sarf qilingan kaloriyani hisob-kitob qilish, shuningdek, yurak urishini nazorat qilish, smartfondagi kirish qo‘ng‘iroqlari va sms-ogohlantirishlar haqida xabar berishga ixtisoslashgan.

O‘ziga xosliklari

Fitnes-trekerlarga xos jihatlardan tashqari, Band 2 va Band 2 Pro gadjetlariga VO2 Max datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sensor foydalanuvchi tanasining havodan kislorod ajratib olish imkonini baholaydi.

Huawei vakilining so‘zlariga ko‘ra, Band 2 va Band 2 Pro' ning ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash aniqligi 95 foizni tashkil qiladi.

Har ikkala model korpusi suv o‘tkazmas korpusga ega bo‘lgan. Ya’ni, ulardan cho‘milish havzasida, dushda yoki yomg‘ir ostida foydalanish mumkin.

Yana bir muhim jihat -- Band 2 va Band 2 Pro fitnes qurilmalarida Training Effect texnologiyasi joriy qilingan. Natijada, gadjetlar sport mashg‘ulotlarining samarasini va foydalanuvchining holatini hisoblab boradi. Shunga ko‘ra, gadjet foydalanuvchi toliqqanini qayd etib, mashg‘ulotlarni davom ettirishning maqbul vaqtini tavsiya qiladi.

Band 2 va Band 2 Pro elektr toki sig‘imi 100 mA soat bo‘lgan akkumulyatorlar bilan ta’minlangan. Bu esa aksessuarlarga bir marotabalik to‘liq quvvat bilan 1 hafta ishlash imkonini beradi.

Huawei Band 2' dan farqli ravishda, Band 2 Pro qo‘shimcha jihat -- GPS-moduliga ega bo‘lgan. Bu sensor TruSleep texnologiyasi uchun joriy qilingan va u foydalanuvchining nafas olishiga ko‘ra, uyqu jarayonini nazorat qiladi.

Shuningdek, Pro  talqinda Running Coach deb nomlangan yugurish bo‘yicha maxsus murabbiy-texnologiya mavjud.

Hozircha fitnes-qurilmalarning narx-navosi e’lon qilinmagan. Avvalgi avlod mashq-trekerlari xalqaro bozorda o‘rtaa 100 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!