Huawei Y5 2017: 100 dollarlik kamerafon olgan ilk suratlar

Huawei Y5 2017: 100 dollarlik kamerafon olgan ilk suratlar

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari ham allaqachon raqobatbardosh smartfon yarata olishlarini isbotlab ulgurishgan. Huawei kompaniyasi MATE 9 flagmanidan keyin, kamerafonlar ishlab chiqarishga qodir ekanini amalda ko‘rsata oldi. Shuningdek, bu brendning yaxshi kamerafonlari hamyonbop narxda ham bozorga chiqarilmoqda. Jumladan, yaqinda taqdim qilingan Huawei Y5 2017 smartfoni hamyonbop bo‘lsa ham, raqiblariga nisbatan taassurotli suratga olishi bilan diqqatga sazovor.

Huawei ushbu Y5 2017 devaysiga yorug‘lik linzasi 8 MP bo‘lgan bosh kamera o‘rnatgan. Uning 5 megapikselli old kamera sensori uchun f/2.4  hajmli apertura o‘rnatilgan. Bu selfi-kamera keng burchak ostida suratga olishi bilan o‘ziga xos.

Hattoki, selfi kamera "beautify mode", ya’ni go‘zallashtiruvchi rejimga ham ega. Natijada, boy texnologik dasturlarga ega kamera ilovasi yoramida tungi sharoitda olingan selfilar ham sifatli chiqishiga sharoit yaratiladi.

Quyida Y5 2017 smartfonida olingan ilk fotosurat namunalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

 



Yorug‘lik past sharoitda olingan surat:


Fotosuratlarga ko‘ra, bosh kamera hamyonbop smartfonlar orasida muammosiz raqobatga kirishadi. Suratlar keng burchak ostida olingani, rang-tus me’yori joyidaligi, manzara detallarga boyligi va dinamik diapazon kengligi bilan o‘ziga xos. To‘g‘ri, qorong‘uda surat olishda aksariyat arzon smartfonlar kabi, Huawei Y5 2017 ham ojiz qoladi.  


Old kamera esa kunduzgi sharoitda yorqin selfilar olishi bilan ahamiyatli.


Qorong‘u sharoitda selfiga olishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Boisi, uning ham fotochaqnog‘i bor. 


Huawei Y5 2017'ga xos jihatlar:

Displey: 5 dyuymli HD IPS (1280 x 720 piksel);

Protsessor: 1.4 Ggs, 64 bitli, 4 yadroli MT6737T;

Video-karta: Mali T720;

Tezkor xotira: 2 Gb (yuqori talqinida kattaroq);

Doimiy xotira: 16 Gb, micro SD xotira bo‘lmasi mavjud;

Bosh kamera: 8 mp (f/2.0) avtofokus va fotochaqnoq mavjud;

Selfi-kamera: 5 Mp (f/2.4) 84 daraja ostida suratga oladi va fotochaqnoqqa ega;

Akkumulyator: 3,000 mA soat;

Operatsion tizim: Android 6.0 Marshmallow, EMUI 4.1;

Aloqa: 2 ta sim-kartali, WiFi, 3G, LTE, Bluetooth 4.0, GPS, A GPS, GLONASS;

Sensor-datchiklar: akselerometr, yorug‘lik sensori, oraliq-masofa sensori, ovoz datchigi va boshqalar;

O‘lchamlari: 143.8 x 72 x 8.45 mm;

Vazni: 150 gr;

Narxi: xalqaro bozorda 115-130 AQSh dollari oralig‘ida sotilmoqda.