Huawei Y6 II: “Malika”ning asil va hamyonbop smartfoni

Huawei Y6 II: “Malika”ning asil va hamyonbop smartfoni

Huawei 2016 yilda taqdim qilgan, nisbatan hamyonbop smartfon modellari orasida bugun biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan devays o‘z o‘rniga ega.

Huawei Y6 II – O‘zbekistondagi elektronika bozorlarida yaxshi sotilayotgan o‘rta narxli smartfon. Ixchamroq Y5 II modelidan farqli ravishda, bu model 5,5 dyuymli displeyi bilan fabletlarga havas qilgan. Shu bilan birga, uning narx-navosi apparat ta’minoti imkoniyatlariga ancha, aniqrog‘i insof bilan muvofiqlashtirilgan.

Huawei Y6 II jihatlari:

Taqdim etilgan vaqti: 2016 yil, sentyabr;

Displey: IPS, 5.5 dyuym, 1280×720, 267 ppi;

Protsessor: 64 bitli HiSilicon Kirin 620, 8xARM Cortex-A53, 1.2 GGs;

Grafik-tasvirga mas’ul: Mali-450 MP4;

Operatsion tizim: Android 6.0 Marshmallow + EMUI 4.1;

Tezkor xotira: 2 Gb;

Doimiy xotira: 16 Gb, MicroSD bor;

Kamera: 13 Mp, svetodiodli fotochaqnoq, old kamera 8 Mp;

Akkumulyator: 3000 mA soat;

Aloqa tarmog‘iga muvofiqligi:

2G tarmog‘idagi standart aloqa: GSM 850 / 900 / 1800 / 1900 — SIM 1;

3G tarmog‘idagi standart aloqa: HSPA+;

4G tarmog‘idagi standart aloqa: Band 1, 3, 7, 8, 20 TS;

NFC: yo‘q!;

O‘lchamlari: 154.3 x 77.1 x 8.45 mm;

Vazni: 168 gramm;

O‘zbekistondagi narxi: 1 369 500 so‘m;

Qadoqda nimalar bor?

Y6 II qadog‘idagi manzara Huawei'ga xos an’anaviy ko‘rinishda: smartfon, kabel va quvvatlash qurilmasi, qo‘llanmalar.

Dizayn va shakldorlik

Huawei Y6 II korpusi to‘liq plastik xomashyosidan tayyorlangan. Shakliga ko‘ra korpus bir oz yassi bo‘lgan burchaklardan iborat to‘g‘riburchak dizaynida tayyorlangan. Orqa paneldagi bo‘rtma jimjimador, teksturali tasvir smartfon "istarasi"ni bir oz ochgan va o‘ziga xoslik bag‘ishlab turibdi. Shu bilan birga, bu uslub smartfonning kaftda mustahkam joylashishi uchun ham ayni muddao.

Huawei Y6 II modeli korpusining yonlari xrom qoplamali va ko‘rinishidan pishiq metallni eslatadi hamda diqqatga sazovor. Yon tomon tugmalari orasida odatga ko‘ra, ovozni boshqarish va o‘chirib-yoqish, blokirovkadan chiqarish tugmalari mavjud.

Huawei Y6II ko‘rinishidan pishiq-puxta va zamonaviy stilda. Ekran ustini to‘liq qoplab olgan 2,5D shaklidagi himoya shishasi ko‘zni quvontiradi. Ekran yon tomonlaridagi romlar qalinligi 2,5 millimetr.

Smartfon korpusining quyisida dinamigi uchun tuynuk mavjud. Korpus borasida ko‘pchilikka ma’qul tomoni – orqa panelning olinishi. Bu yerda smartfonning 3000 mA soat tok sig‘imli akkumulyatoriga duch kelamiz.

3.5 mm o‘lchamidagi audio tuynuk smartfonning tom qismida joylashgan. Korpus quyisida esa microUSB porti joylashgan. SIM-karta va qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatish uchun orqa panelni ochish kerak bo‘ladi. Shunga qaramasdan, smartfon batareyasini mustaqil almashtirish imkonsiz. Korpus konstruksiyasi qismlarga ajraladigan bo‘lgani bilan, apparat monolit uslubda ishlab chiqarilgan.

Y6 II o‘lchamlari: bo‘yi — 154,3 mm, eni — 77,1 mm, korpus qalinligi — 8,45 mm, vazni — 168 gramm. Korpus ranglari — qora, sariq, tilla rang, oq, pushti, ko‘k.

 

Displey

Smartfondagi 5,5 dyuymli ekran klassik sig‘imli -- HD, aniqrog‘i undagi piksellar sig‘imi 1280 ga 720 belgiga teng. To‘g‘ri, bugungi arzon smartfonlarning aksariyati FULL HD sig‘imga ko‘chmoqda. Shunday bo‘lsa ham, Huawei Y6II  ekrani rang-tusni aniq uzatadi va tasvir sifati foydalanuvchini xafa qilmaydi. Qolaversa, rang haroratini mustaqil ravishda sozlash ham mumkin. Ekran aksariyat ayfonlar kabi, IPS matritsaga ega bo‘lgan. Shu bois, tasvir burchaklarida rang uzatishda biror muammo yo‘q.

Ayrim hollarda ekrandagi ba’zi piksellar sezilib qolsa ham, suratdagi aniq-ravshanlik yo‘qolmaydi.

Displey qolgan jihatlari, jumladan rang uzatishi va ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilik borasida narxiga munosib. Ekrandagi yorqinlik zaxirasi ham yetarli va har qanday sharoitda matnni o‘qish yoki tasvirni tomosha qilishda foydalanuvchini xursand qiladi.

Platforma va samaradorlik ta’minoti

Huawei Y6 II smartfonining platforma asosida 64 bitli, 8 yadroli HiSilicon Kirin 620 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, uning chastota tezligi 1.2 GGs. Grafik-tasvirni qayta ishlash uchun Mali-450 MP4 videochipi mavjud.

AnTuTu testlarida bunday jihatlar apparatga 31 ming ball olishga yordam beradi. Bu esa $150 dollargacha sotiladigan smartfon uchun chidasa bo‘ladigan natija. O‘yin va boshqa kundalik vazifalar uchun bu yetarli imkoniyat. Jumladan, 2D o‘lchamli o‘yinlarni bir tekis va tezkor o‘ynash mumkin.

Devaysdagi operativ xotira – 2 Gb, va bu smartfonni nisbatan imkoniyati pastroq bo‘lgan Huawei Y5 II (1 Gb tezkor xotira) modelidan farqlab turadi. Smartfonlardagi doimiy xotira sig‘imi esa bir xil -- 16 Gb. Bundan 10 gigabayti foydalanuvchi uchun bo‘sh. Xotira borasidagi tanqislikni qo‘shimcha xotira fleshkasi hal qiladi. Buning uchun korpusda alohida bo‘lmacha mavjud.

Smartfon qadoqda Android 6.0'ning o‘zlashtirilgan EMUI 4.1 talqinida ishlaydi. Ayni paytda ishlab chiqaruvchi smartfonlarini yangi operatsion tizim bilan ta’minlash ustida harakat qilmoqda. Bu tizim qulay va bir qancha foydali funksiyalarni o‘zida jam qilgan.

Kamera

Huawei Y6 II bosh kamerasi 13 megapikselli va bu kamera avtofokus hamda fotochaqnoq bilan ta’min qilingan. Tasvir sifati bevosita yorug‘lik darajasi bilan bog‘liq. Kunduz kuni, yorug‘lik yetarli vaqtda juda yorqin suratlar olish mumkin. Ichkari sharoitda olingan suratlar sifati esa o‘rta darajali. Ya’ni, shu narxdagi smartfonlarga xos. Shu bilan birga, raqiblaridan biror ustunligi kuzatilmaydi.

Old kamera esa hayratga munosib. 8 megapikselli bu sensorning diafragmasi f/2.4 standartida. Avtoportret olishni yaxshi ko‘radiganlar detallarga boy selfilardan ko‘ngillari chog‘ bo‘ladi. Bosh kamerada uzog‘i bilan Full HD videolar yozish mumkin.

Surat olishda foydalanuvchi kamerani mustaqil sozlasa ham bo‘ladi. Jumladan, fokusni tanlash, professional rejimni va HDR rejimini yoqish va boshqalar. Sozlamalar ko‘p va juda kerakli. Bu esa yaxshi surat olishga yordam beradi.

 

Quyida Huawei Y6 II smartfonida olingan suratlarga baho bering.

 

Aloqa va ovoz imkoniyatlari

Huawei Y6 II modelining ovoz taratish imkoniyatlari yuqori. Jumladan, undagi DTS rejimi quyi va qyuori chastotalarni sozlash imkonini beradi. Smartfon karnaylaridan taralayotgan ovoz zaxirasi yetarli. Musiqani hatto 70 foizdan past darajada ham miriqib tinglash mumkin. Bosh dinamik o‘z vazifasini sidqidildan ado etadi. Quvonarli yana bir jihat -- FM-radioning borligi. Suhbat dinamigi esa biror noxush nosozliklar keltirib chiqarmadi. Undan taralayotgan ovoz aniqligi sifatli va tiniq.

Smartfon GSM va UMTS tarmoqlarida muammosiz faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek LTE (1, 3, 20, 8) tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Akkumulyator imkoniyatlari

Batareyaning elektr toki sig‘imi 3000 mA soat. Bu quvvat o‘rtacha foydalanganda, 1,5 kunga yetadi. Agar quvvat bir oz avaylab ishlatilsa, smartfon to‘liq quvvati ikkinchi kunning kechiga qadar beminnat xizmat qiladi. Ya’ni, quvvat 2 sutkaga yetib beradi.

So‘ngso‘z o‘rnida

Huawei Y6 II smartfonini xarid qilish uchun 5 sabab:

  • foydalanish uchun yaxshi va qulay dizayn;
  • katta, yorqin va kontrastga boy ekran;
  • taassurotli surat oluvchi kamera;
  • narx-navosi insof doirasida.

Huawei Y6 II smartfoni hamyonbop turkumga mansub bo‘lsa ham, uning apparat va dasturiy ta’minot platformasi yomon emas. bilan birga uning v komplekte idet zaryadnoye ustroystvo, a takje kabel. Devays tashqi ko‘rinishidan ham ko‘zga darrov tashlanadi.

Tan olish kerak, hamyonbop smartfonlar bozorida hozir raqobat juda yuqori. Bu narx evaziga ayni paytda romsiz ekranli va metall korpusli smartfonlarni ham xarid qilish mumkin. Biroq, Huawei Y6 II ular orasida platforma samaradorligi bilan o‘ziga xos bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, smartfonda bugun kontaktsiz to‘lov uchun zarur NFC modulining yo‘qligi ham taassufli holat.

Ekranning piksellar sig‘imi past ekanini, gadjetning dizayni va sifatli yig‘ilgan korpusi "yuvib ketadi".

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 1,3 млн сўм Sotib olish
"Малика" 1,3 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi