Huawei yangi Kirin 970 protsessori ustida ish olib bormoqda

Huawei yangi Kirin 970 protsessori ustida ish olib bormoqda

Huawei kompaniyasining so‘nggi Hisilicon Kirin 960 protsessorining imkoniyatlari Mate 9 flagmanida bundan ikki oycha oldin namoyish etilgan edi. Ammo internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan oxirgi xabarlarga ko‘ra, xitoylik kompaniya navbatdagi flagman protsessorni yaratish ustida ishni boshlab yuborgan.

China-Review saytining xabar qilishicha, yangi Kirin 970 protsessori bozorda Mediatek Helio X30 va Qualcomm Snapdragon 835 chiplari bilan raqobat qilishi kutilmoqda. U Huawei kompaniyasining 10 nanometrli texnoprotsess asosida yaratilgan birincha flagman chipi bo‘lishi mumkin. Kirin 970 sakkizta yadrodan (to‘rtta ARM Cortex-A73 va to‘rtta  ARM yadra Cortex-A53) iborat bo‘ladi, maksimum takt chastotasi 2,8 yoki 3.0 gigagersni tashkil qiladi. Bundan tashqari, chip LTE Cat. 12 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu protsessor 2017 yilda Mate 10  flagmani bilan birgalikda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!