Hyundai avtomobil va uyni o‘zaro biriktirdi (video)

Hyundai avtomobil va uyni o‘zaro biriktirdi (video)

Las-Vegasdagi CES iste’molchi elektronikasi ko‘rgazmasida Hyundai kompaniyasi haydovchisiz avtomobil bilan bog‘langan “aqlli” uy konseptini namoyish qildi. Avtomobilning intereridan yashash joyi, multimedia kompleksidan esa xonadon jihozi sifatida foydalaniladi.

Konsept Mobile Vision loyihasi doirasida tayyorlangan. Uyning bir chetida avtomobil uchun joy hozirlanadi. Xonaga mashinaning salonigina birikadi, kuzov tashqarida qoladi. Buni yaxshiroq tushunish uchun videolavhani tomosha qiling.

Uyga mashina “ulangach”, xonadonni elektr bilan ta’minlaydi yoki konditsioner vazifasini o‘tashi mumkin. Multimedia tizimidan ko‘ngil ochishda foydalaniladi. Biror yoqqa borishni ixtiyor qilsangiz, xonadan salonga o‘tish yetarli.

Mobile Vision loyihasi doirasida yasalgan konseptlarning yana biri Ioniq Scooter elektrli samokatidir. Hyundai ma’lum qilishicha, samokat Ioniq avtomobilining old eshigi cho‘ntagiga joylashadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!