«ICT FORUM 2017» qatnashchilari uchun chodirli pavilon va qo‘shimcha ko‘rgazma stendlari barpo etiladi

«ICT FORUM 2017» qatnashchilari uchun chodirli pavilon va qo‘shimcha ko‘rgazma stendlari barpo etiladi

Shu yilning 19 -- 21 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan ICTEXPO--2017 ko‘rgazmasining o‘tkazilishidan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish etishdir. 

Ko‘rgazmada qatnashishga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olgan holda, Haftalikning Tashkiliy Qo‘mitasi ko‘rgazma stendlari uchun qo‘shimcha maydonlar ajratdi. Endilikda, har bir potensial ishtirokchi chodirli pavilonda 10 kvadrat metrdan 40 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonga onlayn tarzda buyurtma berishi mumkin. E’tiborlisi shuki, bunday qo‘shimcha pavilon birinchi marotaba ochilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 40dan ortiq kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Joylarga buyurtma berish va ariza topshirish mexanizmi, qatnashish shartlari, qiymati va to‘lov shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ko‘rgazma ustunlarini qurish va o‘rnatish shartlari, hamda ICT Expo 2017 ko‘rgazmasi ish tartibi va qatnashuvchilar, mehmonlar va jurnalistlar  haqida www.ictweek.uz saytida ma’lumot berilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.