ICT Glossary – AKT bo‘yicha elektron izohli lug‘at

ICT Glossary – AKT bo‘yicha elektron izohli lug‘at

Xabaringiz bor, saytimizda ba’zida o‘zbek dasturchilari tomonidan yaratilgan foydali ilovalar haqida ma’lumot berib turamiz. Bu gal axborot va kommunikatsiya sohasidagi bilimlaringizni oshirishda yordam beradigan ICT Glossary ilovasi haqida so‘z yuritamiz.

Lug‘at BMTning Taraqqiyot Dasturiga tegishli loyiha doirasida “Activemedia Solutions” tomonidan ishlab chiqilgan. Lug‘at O‘zbekistonda Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada ommalashtirishga xizmat qilishga mo‘ljallangan.

Ilovadagi atamalarni kirill va lotin alifbolarida o‘qish va qidirish mumkin. Lug‘at avtomatik ravishda qidirilgan so‘z/iboraga yaqin va aloqador atamalar ro‘yxatini taqdim qiladi. Lug‘atda bir vaqtning o‘zida, deylik, o‘zbekcha atamaning ruscha va inglizcha tarjimalarini o‘qish mumkin. Lug‘atda barcha atamalarga batafsil izoh beriladi.

Kerakli atamaga qarashli bo‘limda yulduzcha belgisiga bosib uni tanlangan atamalar ro‘yxatiga qo‘shish mumkin.

Lug‘at ilovasini turli muloqot vositalari orqali do‘stlaringiz bilan ulashish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Ilovaning Android versiyasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!