“ICT Week Uzbekistan – 2022” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

“ICT Week Uzbekistan – 2022” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 24-oktabr kuni yilning asosiy tadbirlaridan biri – “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi  boshlanadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish, respublikada raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar, imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etish, amaliy natijalar, rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish maqsadida “ICTWeek Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini 2022-yil 24-27-oktabr kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir Samarqand shahridagi “Silk road Samarqand” yangi xalqaro turizm markazi hududida yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etadilar.

“ICTWEEK 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir an'anaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

Mazkur AKT haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

– “ICTWEEK Uzbekistan” sammiti – O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va islohotlarni muhokamasiga qaratilgan tadbir;

– “Digital Eurasia” forumi – axborot texnologiyalari sohasidagi muammolarni hal etish masalalari va ushbu sohadagi muhim islohotlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro tadbir;

–“ICTEXPO” ko‘rgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma;

- “BPO sammiti” - masofadan xizmatlarni ko’rsatish outsorsing yo’nalishida yuqori tajribaga ega yirik xalqaro IT kompaniyalari o’zaro tajriba almashadi.

- “IT-ta’lim sammiti” – IT ta’lim yo’nalishidagi jahon tajribalarini hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilinadi

 “CIO SUMMIT” – IT sohasida nodavlat notijorat kompaniyalari va davlat tashkilotlarining o’zaro hamkorlik uchrashuvi.

 Shuningdek,

– Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (AS’HH) tashkiloti Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashi va AS’HH qoshidagi MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvi kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi (AS’HHning 30 yilligiga bag‘ishlangan AS’HH Kengashi yig‘ilishi);

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT sohasiga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi;

– Xalqaro elektraloqa ittifoqining “Raqamli transformatsiya orqali raqamli ekotizimlarni rivojlantirish mavzusida MDH davlatlari uchun seminari.

Jami 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan “ICTEXPO” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda 60 dan ortiq xorijiy yirik kompaniyalar – Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex, Astana hub hamda Belarus Respublikasining “Yuqori texnologiyalar parki”  va IT Park rezidentlari, hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalar – Uzcard, Payme, Uzbektelecom, Uzinfocom, Unicon kompaniyalari qatnashadi.

Asosiy elektron resurslar:

Veb-sayt: https://www.ictweek.uz/uz

Instagram: https://instagram.com/ictweek_uzbekistan_2022?igshid=Y2ZmNzg0YzQ=

Facebook: https://www.facebook.com/ictweekuzb2022

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.