ICTWEEK Uzbekistan 2016 ish boshladi

ICTWEEK Uzbekistan 2016 ish boshladi

Xalqaro biznes markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy voqea — ICTWEEK Uzbekistan 2016 ning ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Ilgariroq xabar berilganidek, haftalik doirasida bir qancha ixtisoslashgan tadbirlar o‘tkaziladi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligini ICT Summit 2016 — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti boshlab beradi. Sammit 20 sentyabr kuni Xalqaro biznes markazida umumiy yig‘ilish formatida tashkil etiladi. ICT Summit 2016 da davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul rahbarlari, mahalliy va xalqaro ekspertlar, axborot texnologiyalari kompaniyalari vakillari, tahlilchilar ishtirok etadi.

Bundan tashqari, ICTWEEK Uzbekistan 2016 doirasida ICTExpo 2016 xalqaro AKT mahsulotlari ko‘rgazmasi 21–23 sentyabr kunlari bir vaqtning o‘zida Toshkent (21–23 sentyabr) hamda Namangan (21–22 sentyabr) shaharlarida tashkil etiladi. Ko‘rgazmani bir vaqtning o‘zida ikki shaharda o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda AKTdan foydalanish, xizmat va mahsulotlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj darajasining hududlarda ham jadal o‘sib borayotganini ko‘rsatishdan iborat.

Haftalikning yana bir muhim voqeasi — Internet Forum 2016 da milliy va xalqaro internet mahsulotlari hamda ishlanmalari sohasida erishilgan yutuq va natijalar muhokama qilinadi. Forum 21–22 sentyabr kunlari Xalqaro biznes markazida bo‘lim va seksiyalarga, mahorat darslari va muhokama doiralariga bo‘lingan shaklda tashkil etiladi.

Haftalikning asosiy voqealari qatoridan mamlakatning AKT sohasida faoliyat yuritayotgan faol yosh dasturchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Best Soft Challenge, Intellec2all hamda O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassislari o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilgan Cyber Security Challenge tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimlari, Xalqaro elektr aloqa ittifoqining seminari kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!