ICTWEEK Uzbekistan 2018 doirasidagi ICTExpo ko‘rgazmasiga marhamat!

  •   DiMaX
  •  846
  •  25.09.2018 14:57

ICTWEEK Uzbekistan 2018 doirasidagi ICTExpo ko‘rgazmasiga marhamat!

Joriy yilning 24–29 sentyabr kunlari an’anaviy ICTWEEK Uzbekistan – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida ICTExpo ko‘rgazmasi ham tashkillashtirilmoqda.

O‘QING: XUShXABAR: «O‘zbektelekom» tezkor, cheklanmagan «Teznet» internet tariflarini chiqardi!

Haftalik doirasidagi ICTExpo ko‘rgazmasi 26–28 sentyabr kunlari, Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazda bo‘lib o‘tadi va unda bir qator kompaniyalar ishtirok etadi.

«O‘zbektelekom» ham ushbu ko‘rgazmaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan, deya xabar beradi kompaniya. Uch kun davomida, ishchi pavilondan tashqarida mehmonlarni UZTELECOM’dan ko‘ngilochar dastur kutmoqda:

  • Tanlovlar va viktorinalar;
  • «Ilhom» teatri aktyorlari tomonidan interaktiv taqdimot;
  • Sergey Zlotnikovning «Double Touch» jamoasi tomonidan qiziqarli shou-dastur;
  • «Ko‘k choy» guruhidan musiqiy to‘plamlar.

27 sentyabr kuni Pubstomp.uz loyihasi ko‘magida Uztelecom Cyber Football Cup 2018 bo‘lib o‘tadi. G‘oliblarni O‘zbekiston uch karra chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi Abdusapi Qayumov taqdirlaydi.

28 sentyabr – ko‘rgazmaning uchinchi kuni UZTELECOM’ning maxsus mehmoni DJ Piligrim bo‘ladi. Bu kuni ishchi pavilon eshiklari barcha uchun ochiladi. «O‘zbektelekom» mehmonlari VR-texnologiyalari bilan yaqindan tanishadilar, PlayStation o‘yinlarida va Kompaniyaning viktorinalarida bellashadilar. Siz ICTExpo 2018 da «Masofaviy savdo ofisi» pilot loyihasini sinab ko‘rib, UZTELECOM abonentlari safini to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Buning uchun pasport talab qilinadi.

Ishchi pavilon ichida Kompaniya stendida moslashtirilgan kafe ishlab turadi. ICTExpo hududi bo‘ylab UZTELECOM’dan Wi-fi ududlari faoliyat yuritadi.

O‘QING: BATAFSIL QO‘LLANMA: Yangicha – 9 xonali tizimda telefon raqamining kodini qanday aniqlaymiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!