IFA-2016: HP’dan boshqa qurilmalarni zaryadlaydigan monitor

IFA-2016: HP’dan boshqa qurilmalarni zaryadlaydigan monitor

Hewlett-Packard (HP) kompaniyasi IFA-2016 ko‘rgazmasida EliteDisplay S240UJ monitorini namoyish etdi.

Monitor QHD (3840 × 2160 piksel) aniqligidagi 23,8 dyuymli ekranga ega. Yorqinlik ko‘rsatkichi – 300 kd/m2, namoyish burchagi – 178 gradus.

EliteDisplay S240UJ monitori boshqa gadjetlarni simsiz zaryadlaydigan panel bilan ta’minlangan. Masalan, smartfonni zaryadlash uchun uni monitor paneliga qo‘yish kifoya. Albatta, bunda smartfon yoki boshqa quvvatlanuvchi qurilma simsiz zaryadlanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

Shuningdek, monitor USB Type-C standartidagi slot va Bang & Olufsen audiotizimiga ega.

Monitorda DisplayPort 1.2, HDMI va USB 3.0 portlari ko‘zda tutilgan. Qurilma MHL (Mobile High-Definition Link) standartini qo‘llab-quvvatlagani tufayli unga boshqa portativ gadjetlarni ham ulash mumkin.

Monitorning sotuvga chiqish sanasi va narxi ma’lum etilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!