IFA-2016: Panasonic dunyodagi ilk shaffof televizorni namoyish etdi (Video)

IFA-2016: Panasonic dunyodagi ilk shaffof televizorni namoyish etdi (Video)

Ayni paytda Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IFA-2016 ko‘rgazmasida Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi dunyodagi ilk shaffof televizorni namoyish etdi. Full HD aniqligidagi ushbu shaffof televizorni istalgan joyga o‘rnatish mumkin. Yana bir variant: televizorni shkaf eshigining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi.

Hali bu hammasi emas. Televizordan uyingiz oshxonasida ham samarali foydalanishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Misol uchun, televizor internetdan turli taom retseplarini qidiradi hamda siz tanlagan retseptni induksion plita o‘rnatilgan aqlli stolga yuklaydi. Shu zahoti stolga ulangan sovutgich taomni tayyorlash uchun o‘zida mavjud masalliqlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Agar biror masalliq yetmasa, uni xarid qilishni tavsiya qiladi. Plitadagi sensor idishning joylashishini tekshiradi va taomni tayyorlash jarayonini kuzatadi. Nihoyat aqlli stol suzib bo‘lingan tayyor taomning sovib qolmasligi ta’minlaydi.

Aql bovar qilmaydi. Ammo Panasonic bunday texnologiyalar har bitta xonadonda 3-5 yil orasida paydo bo‘lishiga barchani ishontirmoqda. Axir, kompaniya ularning prototiplarini ko‘rgazmada barchaning e’tiboriga taqdim etdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!