IFA-2016: TP-LINK kompaniyasidan ikkita smartfon

IFA-2016: TP-LINK kompaniyasidan ikkita smartfon

Bu yilgi IFA ko‘rgazmasi har yilgidan ham kutilmagan yangiliklarga boy o‘tyapti. Hammamizga Wi-Fi ruter va boshqa shu kabi qurilmalar bilan yaxshi tanish bo‘lgan TP-LINK kompaniyasi to‘liq metall korpusli Neffos X1 va Neffos X1 Max smartfonlarini taqdim qildi.

Neffos X1 Max – 7,75 mm, Neffos X1 esa 7,95 mm qalinlikka ega.

Har ikkala smartfonning displeyi TDDI (touch and display driver integration) texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, u ekran og‘irligini yengillashtirish va laminatsiyalangan yuza qalinligini 0,2 millimetrga kamaytirish imkoniyatini beradi.

Neffos X1 Max 5,5 dyuymli Full HD aniqlikdagi, 2.5D Corning Gorilla Glass texnologiyasi bilan himoyalangan displeyga ega.  Neffos X1 gadjetiga esa 5,0 dyuymli HD (293,7 ppi) ekran o‘rnatilgan.

Ikkala model 8-yadroli MediaTek Helio P10 protsessorida ishlaydi, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Shuningdek, xotira sig‘imini 128 GBgacha bo‘lgan microSD-karta bilan kengaytirish mumkin. Smartfonlar  LTE tarmoq va ikki diapazonli  Wi-Fi modullarini qo‘llab-quvvatlaydi.

1

Himoya tizimi barmoq izi skaneri bilan kuchaytirilgan. Gadjetlar Android 6.0 Marshmallow versiyasida faoliyat yuritadi.

Kameralarga kelsak, Neffos X1 va Neffos X1 Max Sony kompaniyasidan 13 MPli asosiy (diafragma – f/2.0) va 5 MPli PDAF avtofokus texnologiyasi qo‘llangan old kameralar bilan ta’minlangan. Asosiy kamerada  HDR, Time Lapse i panorama rejimlari ko‘zda tutilgan.

Neffos X1 Max batareyasining sig‘imi – 3000 mA/st bo‘lib, smartfon 30 daqiqada 50% quvvatlanishi mumkin. Neffos X1 esa 2250 mA/st sig‘imli batareyaga ega.

a2

Manbalarda Neffos X1 – 199 yevro, Neffos X1 Max esa 249 yevro narxida sotilishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Gadjetlar shu yilning to‘rtinchi choragidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!