iFixit Samsung Galaxy Note7’ni bo‘laklarga ajratdi

iFixit Samsung Galaxy Note7’ni bo‘laklarga ajratdi

iFixit texnojamoasining mutaxassislari Samsung Galaxy Note 7 smartfonida qo‘llanilgan komponentlar bilan tanishish maqsadida uni bo‘laklarga ajratishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fabletning apparat qismida Samsung Galaxy S7 / S7 edge smartfonlari bilan juda ko‘p umumiylik bor ekan. Fabletdagi asosiy o‘zgarishlardan USB Type-C porti, ko‘zning rangdor pardasini aniqlaydigan uchinchi kamera va stilus uyasini qayd etish mumkin.

Shuningdek, iFixit jamoasi ishlab chiqaruvchi fabletning suvga chidamliligini ta’minlash uchun ancha kuch safrlaganini e’tirof etgan. Fabletdagi mikrofon uyasi, stilus sloti va yon tomondagi tugmalar suv kirishidan yaxshi himoyalangan.

Mutaxassislar apparatdagi modullarni oson va qulay almashtirish, asosiy platani ekrandan, batareyani esa platadan ajratmasdan chiqarib olish imkoniyati sababli ishlab chiqaruvchini maqtashgan.

Ammo orqa panelda ishlatilgan ko‘p miqdordagi yelim smartfon qismlariga kirishni qiyinlashtirishi va ta’mirlash jarayonini murakkablashtirishi apparatdagi kamchilik sifatida keltirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!