Ikki kunda bu gadjetdan 738 ming dona buyurtma qilindi

Ikki kunda bu gadjetdan 738 ming dona buyurtma qilindi

O‘tayotgan haftada jahonning eng muvaffaqiyatli smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei Germaniyaning Myunxen shahrida Mate 10 va Mate 10 Pro flagman smartfonlarini taqdim qildi.

"Sun’iy ong"li "aqlli telefon"ga 17 oktyabrdan boshlab Xitoyda oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ldi. Kompaniya 19 oktyabrda kompaniya sayti orqali flagmanlarga qancha odam avvaldan buyurtma berganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kun ichida 737 830 xaridor Mate 10 xarid qilish istagini bildirgan. Shuningdek, yana 100 ming kishi boshqa yetkazib beruvchilarning sayti orqali smartfonlardan buyurtma qilgan.

Huawei Mate 10 Pro 6 dyuymli, OLED matritsali, Quad HD (1080 x 2160 pikselli) sig‘imli va tomonlari 18: 9 nisbatli romsiz ekranga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi sensorlardan biri 12 megapikselli va u rangli sensor hisoblanadi. Ikkinchi -- 20 megapikselli modul esa monoxrom sensor. Ularga yorug‘lik taqsimlashda hozircha eng ilg‘or bo‘lgan f/1.6 diafragmasi va optik barqarorlashtirish tizimi o‘rnatilgan.

Kirin 970 chipi 2,8 GGs chastota tezligiga ega. 8 yadroli (4x Cortex A73 va 4x Cortex A53) bu protsessor ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Flagman tezkor xotirasi 6 GB, doimiy esa talqinidan kelib chiqib 128 yoki 256 GB.

Shuningdek, taqdim qilingan HUAWEI Mate 10 smartfoni "akasi"dan bir oz kichik -- u 5.9 dyuymli, tomonlar nisbati 16:9 ga teng, deyarli hoshiyasiz ekranga ega bo‘lgan. Qolaversa, bu model 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, Mate 10 xotirani kattalashtirish mumkin bo‘lgan microSD bo‘lmachasiga ega.

Huawei Mate 10 Pro noyabrda sotuvga chiqariladi. Uning eng arzon talqini (128 Gb) 944 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Yuqori versiyadagi (256 gigabaytli Porsche dizayni) 1,645 dollardan sotiladi. HUAWEI Mate 10 esa shu oydan boshlab 825 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Batafsil ma’lumot: Huawei "sun’iy ong"li Mate 10 flagmanlarini taqdim qildi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!