Ikki nafar o‘quvchi baholarini yaxshilash va bepul tushlik uchun maktab saytini buzib kirdi

  •   Saroy
  •  1243
  •  21.05.2018 11:59

Ikki nafar o‘quvchi baholarini yaxshilash va bepul tushlik uchun maktab saytini buzib kirdi

AQShda Bloomfield Hills nomli o‘rta maktabning ikki o‘quvchisi MISTAR Student Information System portalini buzib kirishda gumonlanmoqda. Muassasa rahbariyatining fikricha, ular baholari, o‘quvchilar davomati ko‘rsatkichlarini o‘zgartirgan hamda tushlik pullarini qaytarishga urinib ko‘rinishgan.

O‘QING: iPhone X'ni yig‘ishda o‘quvchilardan foydalanilgan

O‘zlarining shaxsini yashirish uchun, ular yana 20 nafar o‘quvchining ma’lumotlarini almashtirishgan. Ushbu jinoyat maktab xodimlarining o‘z akkauntlariga kirib xatoni payqab qolganlaridan keyin oshkor bo‘lgan. Jarayonga sud ekspertlari aralashganlaridan keyin aybdorlar aniqlandi.

Hozirda maktab rahbariyati ma’lumotlarga kirishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishgan. Biroq, xabarda gap aynan qanday kamchiliklar haqida borayotgani aytilmagan.

O‘quv muaasasa direktori Robert Glassning ta’kidlashicha, hodisa federal jinoyat sifatida ko‘rib chiqilmoqda. U tergov maxfiyligini saqlash haqidagi qonunni rukach qilib, tekshiruvning batafsil tafsilotlariga to‘xtalmagan.

O‘QING: O‘zbekistondagi ilk IT-maktab qabul imtihonini o‘tkazmoqda

Shu yilning may oyida AQShning yana bir maktabi rahbariyati maktab sayti buzib kirilgani uchun eng a’lochi o‘quvchisini tanlay olmaganligi haqida ma’lum qilingan edi. Natijada, maktab xodimlari bitiruvchi kurs o‘quvchilari orasidan maktab valediktoriani (eng yuqori reyting bahosini olgan o‘quvchi) va salyutatori (maktabning ikkinchi a’lochi o‘quvchisi)ni oshkor qilolmagan.

Manba: Bleeping Computer

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!