Ilg‘or smartfonlarda olingan suratlarni taqqoslang

Ilg‘or smartfonlarda olingan suratlarni taqqoslang

iPhone 6s Plus, Samsung GALAXY Note 5, Sony Xperia Z5, LG V10 hamda Google Nexus 6P bugungi kundagi flagman smartfonlar orasida eng yaxshi suratga olishda bir-biri bilan raqobat qiladi. Quyida havola qilinayotgan, mazkur devayslarda olingan suratlarning sifatini taqqoslash uchun Canon 5d Mark II fotokamerasida olingan surat ham ilova qilingan.

Birinchi manzara
Quyosh botar mahalida olingan shahar manzarasi. Bunda smarfton kameralarining syujetdagi ranglarning tabiiy tusini aks ettirish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi. Bunda Samsung GALAXY Note 5 smartfonida olingan surat “eng yaxshi” deb topilgan. Unda olingan suratlarda manzaraning ranglari deyarli aslicha saqlanib qolgan.

Samsung GALAXY Note 5'да олинган суратSamsung GALAXY Note 5’da olingan surat

Smarfon kameralari

Ikkinchi manzara
Navbatdagi manzara kechga yaqin olingan va ular quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmagan sharoitida olingan va smarfton kameralarining nursiz vaziyatda olish ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazgan. Bu smartfonlar uchun yanada murakkab vaziyat. Boisi surat detallarining aniq-ravshan aks etishi oq tus omilini avtomatik sozlash funksiyasiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda ham Samsung GALAXY Note 5 fabletida olingan surat mutloq yetakchilik qildi.

Samsung GALAXY Note 5 смартфонида олинган сурат

Samsung GALAXY Note 5 smartfonida olingan surat

smartfon kameralari

Uchinchi manzara

Navbatdagi surat uy sharoitida yoki ichki muhitda olingan. Bunda smartfon kameralarining fotochaqnog‘idan foydalanilmagan. Bunda kameralar ichki sharoitning oq rang tusini hamda inson qiyofasidagi detallarni avtomatik aniqlab, aks ettirishlari kerak bo‘lgan. Shu bilan birga, bunda ISO, ya’ni kameraning yorug‘likni sezuvchanlik qobiliyati ham sinovdan o‘tadi. Bu yo‘nalishda ham Samsung GALAXY Note 5 smartfonining kamerasi olgan surat tngsiz deb topilgan. Ayniqsa, suratda inson terisining rang-tusi tabiiy aks etgani hayratlanarli.

Samsung GALAXY Note 5 смартфонида олинган сурат.

Samsung GALAXY Note 5 smartfonida olingan surat.

smartfon kameralari

To‘rtinchi manzara
Mazkur yo‘nalishda smartfon kameralarining manzarani yaqindan suratga olish, kichik o‘ziga xosliklarni ham namoyon etish imkoniyati sinab ko‘rilgan. Quyidagi suratda aks etgan shirinlikni yaqindan olganda smartfonlarning orasida iPhone 6S olgan surat detallarga boy va aniq-ravshanligi bilan ajralib turdi.

iPhone 6S смартфонида олинган сурат

iPhone 6S smartfonida olingan surat

smartfon kameralari

Beshinchi manzara
HDR, ya’ni yuqori dinamik diapozonda suratga olish qobiliyati kameraning eng muhim tomonlaridan biri. U kameraga bulutli ob-havo sharoitida ham surat olish imkonini beradi. Bunday sharoitda smarfton kameralari olgan suratlar turlicha bo‘ldi. Yaqqol yetakchi smartfon kamerasini aniqlash qiyin bo‘lsa-da, aytish mumkinki, Huawei Nexus smartfonining kamerasi olgan suratlar nisbatan detallarga boy.

05

Huawei Nexus smartfonida olingan surat

Oltinchi manzara
Tanlovning oltinchi bosqichida smartfon kameralarining tungi sharoitda suratga olish ko‘nikmalari taqqoslab ko‘rildi. Tabiiyki, bu mobil aloqa vositalarining kamerasi uchun eng qiyin va muhim imtihon. Unda kameralar tungi xiraliklarni aniq-ravshan aks ettirishi, yorug‘lik balansini avtomat sozlashi kerak bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishda g‘oliblik yana Samsung GALAXY Note 5 gadjetiga nasib etdi.

Samsung GALAXY Note 5 смартфонида олинган сурат

Samsung GALAXY Note 5 smartfonida olingan surat

006

Natija

Suratlarni qiyoslash, xulosa va tahlil, foydalanuvchilar fikrlariga asoslanib, chiqarilgan natijaga ko‘ra, eng yaxshi surat oluvchi flagman musobaqasida Samsung GALAXY Note 5 eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan. Keyingi o‘rin LG V10 smartfoniga, uchinchi o‘rin Apple iPhone 6S Plus fabletiga, to‘rtinchi o‘rin Sony Xperia Z5 smartfoniga, so‘nggi, ya’ni oltinchi o‘rin Google Nexus 6P gadjetiga nasib etgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu taqqoslashda g‘olib bo‘lgan  Samsung GALAXY Note 5 smartfonida olingan suratlar etalon sifatida olingan Canon 5d Mark II olgan tasvirlar sifati bilan deyarli bir xil.

Manbaa: Hi-Tech-Mail.Ru