Ilk qayishqoq golografik smartfon ekrani yaratildi (Video)

Ilk qayishqoq golografik smartfon ekrani yaratildi (Video)

Endi Angry Birds’ning qushchalari gologramma texnologiyasi tatbiq qilingan smartfon displeyining yuqorisida parvoz qilishni boshlaydilar.

Mazkur loyiha Kanadaning Human Media Lab muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Tadqiqotchilar displey ustida gologramma nurlarini shakllantirish uchun organik svetodiodli sensor ekran texnologiyasidan foydalanishgan. Foydalanuvchi interaktiv ekranni buklash, egish orqali o‘yinni o‘ynashi mumkin. O‘yinni ekranning xohlagan burchagidan turib tomosha qilish mumkin.

Hozircha dastur takomillashish bosqichida bo‘lib, gologramma nurlarining sig‘imi 160 x 104 pikselga teng. Tadqiqotchilar uni 3D effektli full HD sig‘imiga yetkazish, kun kelib bu texnologiya orqali masofali anjumanlarni tashkil etish imkonini yaratishni reja qilganlar.

Texnologiyani yaqin fursatlarda kamida 1.5 Ggs chastotada ishlaydigan 2 GB protsessor, Android 5.1 va uning keyingi talqinidagi operatsion tizimga ega qurilmalarda keng joriy qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!