Inha universiteti talabalari Huawei’ga ishga joylashishlari mumkin

  •   DiMaX
  •  1674
  •  06.03.2018 21:56

Inha universiteti talabalari Huawei’ga ishga joylashishlari mumkin

Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasining bosh ijrochi direktori Van Pen boshchiligidagi delegatsiya kompaniya taqdimotini o‘tkazish va ishga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu xususda universitet sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Inha universiteti talabalari kompaniyalarda amaliyot boshladi

Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Xitoy kompaniyasining turli faoliyatlari uchun mas’ul bo‘lgan Huawei Tech Investment Tashkent menejerlari ham o‘rin olgan edi, deyiladi xabarda.

Tadbirni ochar ekan, janob Van Pen Toshkent shahridagi Inha universitetiga bir necha bor tashrif buyurganligini, ammo birinchi marotaba universitet talabalari bilan uchrashayotganini ta’kidladi.

Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasining rahbari tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Huawei kompaniyasining tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, u Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi. Huawei Tech Investment Tashkent vakillari IUT talabalariga Xitoy kompaniyasiga ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida gapirib berishdi.

O‘QING: Koreyadan o‘zbekistonlik 99 talaba diplom bilan qaytmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.