Instagram’dagi zaiflikni ma’lum qilgan ekspert 5 ming dollar bilan mukofotlandi

Instagram’dagi zaiflikni ma’lum qilgan ekspert 5 ming dollar bilan mukofotlandi

Avtorizatsiya tizimida profillarni vaqtincha blokirovka qilishda xavfsizlik muammosi borligi aniqlandi.

Belgiyaning Kiber xavfsizlik masalalari bo‘yicha konsalting kompaniyasi maslahatchisi Arne Svinnen (Arne Swinnen) “Instagram” avtorizatsiya tizimida zaiflik mavjud ekanligini aniqladi va bundan ijtimoiy tarmoq yaratuvchilarini ogohlantirdi.

Ekspertning fikricha, autentifikatsiya nazoratining yo‘qligi oqbatida yuzaga kelgan zaiflik bois, xotiradagi ob’yektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etilishiga izn berilgan va bu holat o‘z navbatida jinoyatchilarga ijtimoiy tarmoqdagi 4 % (taxminan 20 mln.) foydalanuvchilar profillarini buzishga imkon yaratib bergan. Xavfsizlik muammosi profillarni vaqtincha blokirovka qilish tizimida mavjud ekan.

“Instagram” egasi bo‘lmish “Facebook” kompaniyasi bir necha kun ichida zaifliklarni bartaraf etib, Svinnenga 5 ming AQSh dollari miqdorida  pul mukofoti berdi.

Foto va video materiallar almashishga mo‘ljallangan Instagram tarmog‘ining bugungi kunda 400 million nafar oylik faol foydalanuvchilari mavjud.