Instagram’dan video ko‘chirib olishni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2964
  •  23.01.2017 11:21

Instagram’dan video ko‘chirib olishni bilasizmi?

2010 yili ishga tushirilganidayoq Instagram’ga faqat fotosuratlar yuklash imkoniyati mavjud edi. Vaqt o‘tishi bilan u ancha rivojlantirildi va endi foydalanuvchilar o‘z videolavhalarini ham ulasha oladigan bo‘ldilar.

Biroq mazkur ijtimoiy tarmoq hozirgacha o‘zidagi biror materialni kompyuterga erkin ko‘chirib olishga ruxsat etmaydi. Shu bois bu masalada qo‘shimcha vositalarga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi.

Qo‘shimcha vositalar esa bisyor, quyida ular orasida eng universali bo‘lgan bittasidan foydalanish yo‘lini o‘rgatamiz.

  1. Diqqat qiling: Mazkur yo‘riqnoma barcha mobil operatsion tizimlar uchun birdek to‘g‘ri keladi. Uni tayyorlashda iOS uchun mo‘ljallangan usul ko‘rib chiqilgan, lekin Android tizimida ham, Windows Phone tizimida ham ayni shu harakatlar orqali videoni ko‘chirib olishingiz mumkin..
  2. Instagram’ni yoqamiz. O‘z smartfoningizda Instagram ilovasini oching va profil sozlamalariga kirib, «Ponravivshiyesya vam publikatsii» bo‘limiga o‘ting.

 

  1. Kerakli videoni tanlaymiz. Shu bo‘limdan kompyuteringizga ko‘chirib olmoqchi bo‘lganingiz – foto yoki videomaterialni toping.
  2. «Redaktirovat»dan foydalanamiz. Materialni oching va «Redaktirovat» opsiyasini bosing; biz ko‘rayotgan misolda unga ilovaning yuqori o‘ng burchagida yonma-yon joylashgan uchta kichkina nuqta orqali kiriladi.
  3. «Podelitsya» funksiyasini bosamiz. Uchta nuqtachani bosganimizda qalqib chiquvchi oynachadagi menyudan «Podelitsya» bandini tanlang. Shunga bosishingiz bilan Instagram avtomatik tarzda havolani buferga ko‘chirib oladi.

Eslatma: Yuqoridagi amallarni bajarib bo‘lgach, videomaterialning nusxalab olingan manzilini boshqa dasturlar yordamida kompyuterga yuborishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, Vkontakte, Telegram yoki elektron pochta orqali orqali o‘z-o‘zingizga xabar sifatida jo‘natish mumkin.

  1. Onlayn xizmatdan foydalanamiz. Kompyuterdan kirib, o‘zimizga yuborganimiz – videomaterialga yo‘llovchi havolani nusxalab olamiz. So‘ng brauzerda http://ru.savefrom.net/ internet-servisini ochib, qidiruv menyusiga havolani tashlaymiz. Qarabsizki, o‘zingiz istagan materialni kompyuterga ko‘chirib olishingiz mumkin!

Eslatma: Instagram’dagi foto yoki videomaterial havolasini nusxalab olgach, uni boshqa yo‘llar bilan ham ko‘chirib olsangiz bo‘laveradi, biz esa universal yo‘lini ta’rifladik, xolos.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!