Instagram yangi ofisga ko‘chib o‘tdi (fotojamlanma)

Instagram yangi ofisga ko‘chib o‘tdi (fotojamlanma)

Bundan bir necha kun avval mashhur Instagram (Facebook kompaniyasiga karashli) fotoservisining xodimlari yangi ofisga ko‘chib o‘tishdi. Shu munosabat bilan Wired nashri ofisning dizayn va intereriga bag‘ishlangan fotosuratlarni e’lon qildi.

Instagram xizmatida jami 300 xodim faoliyat ko‘rsatadi. Oldin fotoservis jamoasi Facebook kampusida boshqa xodimlar bilan birgalikda ishlab kelishgan. Yaqinda Instagram jamoasi ijtimoiy tarmoqning Menlo-Parkdagi (AQSh, Kaliforniya) shtab-kvartirasi atrofida joylashgan yangi ofisga ko‘chib o‘tdi.

Fotoservis rahbariyati yangi ofis xizmatning kopsepsiyasini aks ettirishi va mobil ilova dizayniga ham mos tushishiga harakat qilgan. Bino lobbisiga o‘rnatilgan ekranlarda servis foydalanuvchilari tomonidan joylangan eng yaxshi tasvirlar namoyish etiladi. Shuningdek, ofisda rasm va videoga olishga mo‘ljallangan maxsus bezatilgan maydonlar ko‘zda tutilgan. Binoda muzokara va dizayn-shtormlar uchun maxsus xonalar tashkillashtirilgan.

1417627f2865de

fe9e9c6b8c5ef4

IG2

0e504c5db18f11

3ef2c4dc49f385

8bd39a1f4e5d65

09b0c383a30e66