Intel arzon Cloudbook Windows-noutbuklari haqida ma’lum qildi

Intel arzon Cloudbook Windows-noutbuklari haqida ma’lum qildi

Intel korporatsiyasi Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan dasturchilar uchun IDF 2016 forumi chog‘ida birinchi darajali noutbuklar ishlab chiqarilishi bo‘yicha Cloudbook tashabbusi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Cloudbook portativ noutbuklari o‘zida “xrombuk”larning muqobilini mujassamlashtiradi. Faqatgina Chrome OS dasturiy platformasi o‘rniga Windows operatsion tizimi o‘rnatiladi. Cloudbook leptoplarining asosiy qismi 11,6 dan 14 dyuymgacha diagonalli displeylarga ega bo‘ladi. Bunday kompyuterlar, jumladan, Acer kompaniyasi tomonidan ham taklif etilmoqda. AQShda bu kabi noutbuklar narxi 170 dan 270 dollargacha atrofidani tashkil etadi.

Intel`ning qayd etishicha, bugungi kunga qadar umumiy bo‘lib 5 mln dona Cloudbook kompyuterlari yetkazib berildi. Keyingi avlod qurilmalari Goldmont arxitekturasidagi uncha qimmat bo‘lmagan Celeron va Pentium protsessorlari bilan ta’minlanadi.

Yangi Cloudbook leptoplari Full HD formatidagi 1920 × 1080 nuqta sig‘imga ega 11,6 dyuym hajmli ekranlar bilan ta’minlanishi taklif etilmoqda. Bir vaqtda 10 tagacha bosishlarni aniqlash imkoniyatiga ega sensor boshqaruvining qo‘llab-quvvatlanishi aytilmoqda. Energiya tejamkor texnologiyalar batareyaning bir ish kuni davomida avtonom ishlashini ta’minlaydi.

Kompyuter 4 Gbayt tezkor xotira, 32 Gbay hajmli flesh-modul va (yoki) 64 Gbayt hajmli M.2. formatli qattiq ma’lumot tashuvchisiga ega bo‘ladi. Boshqa xususiyatlari quyidagilardan iborat: Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa adapterlari, quvvatlash uchun USB Type-C porti, akselerometr, yaqinlashish va yorug‘lik datchiklari, shuningdek, LTE-modem.

Yangi Cloudbook noutbuklari joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!